Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’yori, issiqlik energiyasi iste’moli, tabiiy gaz ta’minoti me’yorlarini aniqlash


Download 466.5 Kb.
bet9/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’yori, issiqlik
energiyasi iste’moli, tabiiy gaz ta’minoti me’yorlarini
aniqlash





1.2.

Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’ѐrini aniqlash
uslubi......................................................................................




2.2.

Uy-joy xo‘jaligida issiqlik energiyasi iste’moli
me’ѐrini aniqlash uslubi......................................................




2.3.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining variatsiya
ko‘rsatkichlari. . . . .....................................................................







Xulosa . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .







Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati . . . . . . . . . . . . . . . . . .





KIRISH
Mustaqillikka erishganizdan so‘ng o‘tgan qisqa vaqt mobaynida
iqtisodiѐtning barcha sohalari kabi, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida
ham katta ishlar amalga oshirildi. Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini
bozor munosabatlariga o‘tkazishning birinchi (1991- 2001 yillar) bosqichida
katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, zarur qonunchilik va normativhuquqiy baza yaratildi - Uy-joy kodeksi, "Davlat uy-joy fondini
xususiylashtirish to‘g‘risida", "Uy-joy mulkdorlari shirkatlari
to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqalar qabul qilindi. Aholiga kommunal
xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
Konsepsiya hamda bozor mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan tegishli
mintaqaviy kompleks dasturlar ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida boshqarish tizimini isloh qilish,
monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlari amalga
oshirildi. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tugatildi va uning
negizida "O‘zkommunxizmat" agentligi tashkil etildi. Hududiy kommunalfoydalanish birlashmalari bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ixtiѐriga
berildi. Uy-joy fondidan foydalanishni boshqarishning turli shakllari
tashkil etilib, sinovdan o‘tkazildi. Uy –joy mulkdorlari shirkatlari va
o‘zini o‘zi boshqarish jamoatchilik organlari uy-joy egalari kengashlari
shakllantirildi.
Iste’molchilar bilan shartnomaviy munosabatlar joriy etildi. Suv,
gaz va issiqlik energiyasini hisobga oluvchi asboblarni ishlab chiqarish
tashkil qilindi, ularni ko‘p xonali uy-joy binolariga o‘rnatish bo‘yicha
ishlar olib borilmoqda. Ammo, 2000 yillar arafasida bozor iqtisodiѐti
munosabatlarining yangi bosqichga ko‘tarilishi natijasida, iqtisodiѐtning
barcha sohalari kabi, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida ham
sohasini isloh qilish jaraѐnlari va ko‘rsatilaѐtgan xizmatlar sifatini
oshirish bo‘yicha keskin o‘zgarishlarni amalga oshirishni, iqtisodiy
islohotlarning yangi bosqichini boshlash zaruratini keltirib chi
Prezidentimiz I.Karimov 2014 yil 10 fevralda Vazirlar Mahkamasida
o‘tkazilgan 2013 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2014 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida 2006 yilda alohida
e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan oltinchi ustuvor masala bu - uy-joy
kommunal xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish ekanini ko‘rsatib bu
boradagi asosiy vazifalarni belgilab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi 1-chi Prezidenti Islom Karimovning
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi
ma’ruzasida: Biz mamlakatimizni isloh etish va yangilash borasidagi
ishlarimizni davom ettirish va yanada chuqurlashtirish, iqtisodiѐtni
barqaror rivojlantirish, xalqimizning haѐt darajasi va sifatini izchil
yuksaltirib borish bo‘yicha 2016 yilda va undan keyingi yillarda o‘z
oldimizga yuksak, ayni vaqtda aniq maqsad va vazifalarni
qo‘ymoqdamiz. O‘tgan yili iqtisodiѐtimizni tarkibiy o‘zgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, bandlikni ta’minlash,
odamlarimizning daromadi va haѐt sifatini oshirishning muhim omil va
yo‘nalishlaridan biri tariqasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasini
jadal rivojlantirish borasidagi tizimli ishlar izchil davom ettirildi .

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling