Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Download 466.5 Kb.
bet12/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

Ishlab chiqarish bilan bog’liq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisoblashda:
1. Asosiy ishlab chiqarish vositalari, shu jumladan lizing bo’yicha xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymatidan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan amortizatsiya (eskirish) ajratmalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan tezlashtirilgan amortizatsiya.
2. Ishlab chiqarish bilan bog’liq nomoddiy aktivlarning eskirishi (amortizatsiyasi) har oyda, xo’jalik yurituvchi sub’yekt hisoblab chiqargan me’yorlarda mahsulotlar (ishlar,xizmatlar) tannarxiga qo’shiladi. Bunda ularning boshlang’ich qiymati va unumli foydalanish muddati (lekin xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligi kerak) inobatga olinadi. Agar nomoddiy aktivlarning unumli foydalanish muddatini aniqlashning imkoni bo’lmasa, ularning eskirish me’yorlarini besh yil qilib, ammo ko’pi bilan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning faoliyati muddati hisobida belgilanadi.
Ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar jumlasiga yuqoridagi guruhlarga kirmaydigan barcha turdagi ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko’rsatish xarajatlari kiritiladi va bularga:
a) ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya, asbob-uskunalar, moslamalar, boshqa mehnat vositalari va qurollari bilan ta’minlash xarajatlari;
b) asosiy ishlab chiqarish vositalarini ishlaydigan holatda saqlash xarajatlari (texnikaviy ko’zdan kechirish va qarov, o’rta, joriy hamda mukammal ta’mirlash tuzatish xarajatlari). Xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z kuchi bilan amalga oshiriladigan ta’mirlash-tuzatishning barcha turlari (o’rta, joriy, mukammal) mahsulot (ishlar,xizmatlar) tannarxiga ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli qismlari (moddiy xarajatlar, mehnatga haq to’lash xarajatlari va b.) bo’yicha qo’shiladi;
v) yong’inga qarshi qo’riqlashni ta’minlash va xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan texnikaviy foydalanishning, ularning faoliyatini nazorat qilish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa maxsus talablarni bajarish xarajatlari.
Idoradan tashqari qo’riqlash xarajatlari ana shunday qo’riqlash shartligini belgilab beruvchi maxsus talablar mavjud bo’lgandagina mahsulot (ishlar, xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladi;
g) texnikaviy boshqaruv vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalarini, ishlab chiqarish jarayoniga aloqador boshqa texnikaviy boshqaruv vositalari, hisoblash markazlarini saqlash va xizmat ko’rsatish xarajatlari;
d) xodimlarni ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli belgilangan me’yorlar doirasidagi xizmat safarlariga yuborish xarajatlari;
e) ishlab chiqarishdagi shikastlanish tufayli mehnat qobiliyatini yo’qotganlik uchun tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida yoki bu qarorlarsiz to’lanadigan nafaqalar. Kasb kasalliklari munosabati bilan to’lanadigan nafaqalar;
j) hamma foydalanadigan yo’lovchi tashish transporti xizmat ko’rsatmaydigan yo’nalishlarda xodimlarni ish joyiga transportda olib borish va olib kelish bilan bog’liq chiqimlar;
z) ishlab chiqarishning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan va qonun xujjatlarida nazarda tutilgan yaxshi mehnat sharoiti yaratish hamda xavfsizlik texnikasini ta’minlash xarajatlari;
i) qonun hujjatlariga muvofiq tekinga beriladigan va doimiy shaxsiy foydalanishda qoladigan narsalar (shu jumladan formali kiyim-bosh, kiyim-kechak, maxsus oziq-ovqat mahsulotlari)ning qiymati (yoki ularni arzonlashtirilgan narxlarda sotish bilan bog’liq imtiyozlar summasi).

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling