Тошкет давлат иқтисодиёт университети
Davr xarajatlari ikki guruhga bo’linadi
Download 466.5 Kb.
|
курс иши корхона 2019янги
Davr xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:
1. Davr xarajatlariga ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan quyidagi xarajat va chiqimlar kiradi: -xizmatlarni sotish chiqimlari; -xo’jalik yurituvchi sub’yektni boshqarish xarajatlari; boshqa umumxo’jalik chiqimlari. 2. Uy-joy fondidan foydalanish, saqlash va ta’mirlash-tuzatish bilan shug’ullanuvchi korxonalar xizmatlarining tariflarini shakllantirishda zarur foydani aniqlash uchun «Davr xarajatlari»ning quyidagi moddalari hisobga olinadi. Xizmatlarni sotish chiqimlariga quyidagilar kiradi: a) sotish bozorini o’rganish uchun belgilangan me’yorlar doirasidagi xarajatlar (marketing, reklama xarajatlari); b) kassa xo’jaligini yuritish va tushumni inkassatsiya qilish xarajatlari; v) sotishga oid boshqa chiqimlar. Ma’muriy chiqimlarga ushbular kiradi: a) mazkur Nizom II bobining 4-bulimidada keltirilgan, boshqaruv xodimlariga taalluqli mehnatga haq to’lash chiqimlari; b) boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq to’lash fondiga taalluqli bo’lgan, qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlardagi ijtimoiy sug’urtaga majburiy tartibdagi ajratmalar; v) xo’jalik yurituvchi sub’ektni va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil qilish hamda boshqarish xarajatlari; g) xizmat yengil avtotransportini saqlash, yollash va ijaraga olish xarajatlari; d) hisoblash markazlarini hamda ishlab chiqarishga aloqasi bo’lmagan boshqa texnikaviy boshqaruv vositalarini saqlash va xizmat ko’rsatish xarajatlari; e) ko’rsatgan xizmatlari uchun aloqa uzellariga to’lanadigan haq; j) shaharlararo va xalqaro telefon orqali so’zlashuvlar uchun belgilangan me’yorlar doirasidagi to’lovlar; z) ma’muriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun ijaraga olingan bino va xonalar haqi; i) asosiy ma’muriy vositalarni saqlash va ta’mirlash-tuzatish, shuningdek ularning eskirishi (amortizatsiyasi) bilan bog’liq xarajatlar; k) yuqori tashkilot, birlashma va yuridik shaxslarni saqlashga ajratmalar; l) belgilangan me’yorlar doirasidagi boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish xarajatlari; m) belgilangan me’yorlar doirasidagi taqdimot chiqimlari. Boshqa operatsion xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun belgilangan me’yorlar doirasidagi xarajatlar. Yangi ishga tushiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun kadrlar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bundan mustasnodir; b) maslahat va axborot xizmatlari haqi; v) auditor xizmatlari haqi; g) ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning bevosita ishtiroki bilan bog’liq bo’lmagan sog’liqni saqlash va dam olishni tashkil qilish tadbirlari; d) tovon va rag’batlantiruvchi to’lovlar: -O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga binoan amalga oshiriladigan tovon to’lovlari; -majburan ishda bo’linmagan (progul) yoki kam haq to’lanadigan ishni bajargan vaqt uchun qonun hujjatlariga yohud xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining qaroriga binoan to’lanadigan haq; -mehnat qobiliyati vaqtincha yo’qotilgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq haqiqiy ish haqi miqdorigacha ko’shimcha to’lanadigan haq; -xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishchi va mutaxassislari ishdan ajralgan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o’qiyotgan vaqtda ularga asosiy ish joyidan to’lanadigan ish haqi; 12 yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq farzandi yoki 16 yoshga to’lmagan nogiron bolasi bo’lgan ayollarning qo’shimcha ta’tiliga qonun hujjatlariga binoan to’lanadigan haq; e) ish haqi yozishda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar: -bola 2 yoshga to’lguncha unga qarash uchun qonun xujjatlariga ko’ra har oyda nafaqa to’lash xarajatlari; -pensiyaga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir marta to’lanadigan nafaqalar; -xo’jalik yurituvchi sub’ektlar qayta tashkil etilishi, xodimlar soni va shtatlar qisqartirilishi munosabati bilan ular ishdan bo’shatgan xodimlarga qonun hujjatlariga binoan amalga oshiriladigan to’lovlar; j) sog’liqni saqlash ob’ektlari, maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalari, sog’lomlashtirish oromgohlarini, shuningdek turar joy ob’ektlarini saqlash uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari belgilagan me’yorlar doirasidagi xarajatlar (shu jumladan barcha ta’mirlash turlarini amalga oshirish uchun amortizatsiya ajratmalari va xarajatlari); z) to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobga qoplanadigan chiqimlardan tashqari); i) bank va depozitoriy xizmatlari haqi; k) amaldagi qonun hujjatlariga binoan amalga oshiriladigan va xo’jalik yurituvchi sub’yektning xarajatlariga kiritiladigan budjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yig’imlar, budjetdan tashqari maxsus fondlarga ajratmalar. Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan hisobot davri xarajatlariga quyidagilar kiradi: -Turkumlab va ko’plab ishlab chiqariladigan yangi mahsulot turlari ishlab chiqarishni hamda texnologik jarayonlarni o’zlashtirishga tayyorlanish va o’zlashtirish xarajatlari: -ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishini takomillashtirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishonchliligi, uzoqqa chidamliligini va boshqa foydalanish xususiyatlarini oshirish bilan bog’liq nokapital xarajatlar; -tajriba-eksperimental ishlarni olib borish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari asosida model hamda namunalar tayyorlash va sinash, ixtirochilik hamda ratsionalizatorlikka oid ko’rgazma va ko’riklar, tanlovlar, sertifikatlashtirish hamda boshqa tadbirlar uyushtirish, mualliflik haqi to’lash bilan bog’liq ixtirochilik va ratsionalizatorlik uchun qilinadigan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa chiqimlar. Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling