Тошкет давлат иқтисодиёт университети


Aholining kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlari va ularni hisoblash uslubi


Download 466.5 Kb.
bet16/20
Sana06.09.2023
Hajmi466.5 Kb.
#1673685
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
курс иши корхона 2019янги

1.3. Aholining kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlari va ularni hisoblash uslubi
Uy-joy kommunal xujaligi sohasida olib borilayotgan islohotlar bugungi kunda davlatimiz ijtimoiy va iqtisodiy siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Kommunal xo’jaligini isloh qilish jarayonida sohada erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy mexanizmni shakllantirish bo’yicha 1990-2001 yillar davomida me’yoriy-huquqiy jihatdan va xo’jalik yuritishning yangi mexanizmlarini sinovdan o’tkazish bo’yicha yetarli darajada katta hajmdagi ishlar bajarildi. Iqtisodiyotning ushbu sohasidagi o’zgarishlarning asosiy maqsadlari sohada bozor tamoyillariga o’tishning zarur shart-sharoitlarini yaratish, iste’molchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida shartnomaviy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan. Kommunal xizmatlar qiymatini sohada ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini kafolatlangan holda ular tannarxini tashkil etuvchi real sarf-xarajatlar asosida shakllanishiga erishish soha oldida turgan muhim iqtisodiy vazifa hisoblanadi. Ushbu vazifani amalga oshirishda mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ijtimoiy himoya tamoyillariga amal qilgan holda, kommunal to’lovlar miqdorini aniqlashda fuqarolarning kam daromadli toifalarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Uy-joy kommunal xo’jaligi sohasidagi munosabatlarni erkin bozor tamoyillari asosida tartibga solish va real xarajatlar jamlanmasidan iborat bo’lgan, har tomonlama mukammal me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan bahoni shakllantirish mexanizmini yaratish quyidagilarni ta’minlaydi:

  • fuqarolarga ularning ehtiyojlari va moliyaviy imkoniyatlariga ko’ra uy-joy qurish, uni xususiy mulk qilib sotib olish, ijaraga olish (aholiga kelgusi sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda uy-joy qurish, uy-joyni sotib olish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga ijara shartnomalari asosida uy-joyni ijaraga olish va hokazo);

  • fuqarolarning uy-joy fondiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini kafolatlash (uy-joy fondlari texnik holatlariga xizmat ko’rsatishning davlat standartlarini belgilash, sanitariya, ekologik va yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni nazorat qilish);

  • kommunal xizmatlarga bo’lgan zarur ehtiyojlarning qondirilishi va ularni iste’mol qilish xavfsizligi (kommunal xizmatlarni iste’mol qilish me’yorlarini, ular sifati andozalarini va foydalanish qoidalarini belgilash);

  • kam daromadli oilalarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash;

  • uy-joy, kommunal xizmatlar bozorining rivojlanishi va erkin shartnomaviy munosabatlarni joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • kommunal xo’jaligi sohasidagi tabiiy monopoliyalar xizmatlari narxlarini tartibga solish va narx-navoni asossiz o’sib ketishining oldini olish va boshqalar.

Kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlarini ishlab chiqish aholining ehtiyojlarini qondirish uchun ularga ko’rsatilayotgan kommunal xizmatlar hajmini belgilash va ko’rsatilayotgan xizmatlar bahosini shakllantirish imkonini beradi.
Hozirgi kunda, O’zbekiston Respublikasida amaliyotda qo’llanilayotgan aholining kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlarini hisoblashda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18-apreldagi «Aholiga kommunal xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 178-sonli Qaroriga muvofiq “O’zkommunxizmat” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda 2004 yilning avgust oyidan buyon amaliyotda qo’llanilib kelinayotgan uslubiy ko’rsatmalarga asoslanadi .
Mazkur ko’rsatmalar asosida ishlab chiqilgan me’yorlar sovuq suv ta’minoti, uy-joyni isitish, issiq suv bilan ta’minlashda ishlatiladigan sarf-xarajatlar miqdori o’lchovi, (asosan issiqlik energiyasini, tabiiy gazni hisobga olish asboblari bo’lmaganda) aholiniig kommunal xizmatlardan foydalanish (iste’mol) me’yorlarini ishlab chiqish va to’lov qiymatini belgilash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Me’yorlar aholini xizmatlardan foydalanishning eng kam, ammo hayot faoliyatini ta’minlashga yetarli miqdordagi hajmidan tashkil topadi va ular minimal talablarni qondirish uchun zarur bo’lgan tegishli sifatdagi xizmatlarning moddiy manbai quyida keltirilgan miqdorlari bilan o’lchanadi:
-isitish - 1m2 turar joy maydoniga sarflanadigan Gkal hisobidagi issiqlik energiyasi;
-sovuq va issiq suv - bir sutkada (oyda) 1 kishi hisobiga sarflangan suv, litr hisobida;
-tabiiy gaz - bir oyda 1 kishi hisobiga sarflangan gaz m3 hisobida;
-tabiiy gaz bilan ichki tartibda isitish - isitiladigan xonaning 1 m3 hajmiga m3 hisobida;
-ovqat tayyorlash uchun suyultirilgan gaz - bir oyda 1 kishiga kg hisobida o’lchanadi.
Uy-joy xo’jaligida ijtimoiy - iqtisodiy imkoniyatlarning o’sish suratiga, demografik xarakterdagi o’zgarishlarga, resurslarni tejash borasida amalga oshiriladigan chora - tadbirlarga qarab me’yorlarning miqdoriy ko’rsatkichlari o’zgarib (ortishi yoki kamayishi) turadi. Respublika miqyosida tasdiqlangan me’yorlar kommunal xizmatlarni ko’rsatuvchilarning yoki iste’molchilarning takliflariga binoan, ammo kamida bir yilda bir marta qayta ko’rib chiqilishi mumkin.
Me’yorlar miqdori muayyan mahalliy sharoitni inobatga olib aniqlanadi. Mahalliy sharoitga iqlim, iqtisodiy shart-sharoit, uy-joy fondining shinamlilik va qulayliklari, muhandislik tizimining holati va boshqa kommunal ko’rsatkichlar kiradi. Shuning uchun kommunal xizmatlardan foydalanish me’yorlarini (gazdan foydalanish me’yori bunga kirmaydi) joylardagi mahalliy hokimiyatlar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Aholi uchun gaz iste’moli me’yorlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.


II Bob. Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’yori, issiqlik
energiyasi iste’moli, tabiiy gaz ta’minoti me’yorlarini aniqlash
2.1. Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’yorini aniqlash uslubi

Uy-joy xo‘jaligida suvni iste’mol qilish (ishlatish) me’ѐrlari
kommunal xo‘jaligida suvga bo‘lgan amaldagi ehtiѐjni hisoblash, suv
ta’minoti xarajatlarini shakllantirish va kommunal xo‘jaligida suv
ta’minotini tashkil etish uchun xizmat qiladi. Uy-joy xo‘jaligida suv
sarfi aholining fiziologik, sanitar-gigiena, xo‘jalik ehtiѐjlarini
qanoatlantirish bilan bog‘liq xonadon ichidagi suv sarfini, shuningdek, uyjoy fondidan foydalanishni ta’minlash bilan bog‘liq xonadonlardagi suv
sarfidan tashqari sarflarni hamda suv ta’minoti tizimdagi ichki
santexnika uskunalarining texnik me’ѐrga muvofiq ruxsat etilgan
miqdorda cheklangan suv yo‘qotishini o‘z ichiga oladi.

Download 466.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling