Тошкет давлат иқтисодиёт университети
Uy-joy xo‘jaligida issiqlik energiyasi iste’moli me’yorini aniqlash uslubi
Download 466.5 Kb.
|
курс иши корхона 2019янги
2.2. Uy-joy xo‘jaligida issiqlik energiyasi iste’moli me’yorini
aniqlash uslubi Issiqlik iste’moli me’ѐrlari qulay-shinam uy-joy fondini isitish va issiq suv bilan ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan issiqlik energiyasi miqdori hisobidan aniqlanadi. Isitishga ishlatilaѐtgan issiqlik energiyasi me’ѐrlari darajasi kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarida nazarda tutilgan, uylar ichidagi turli xonalarning harorat rejimini, issiq suv iste’moli me’ѐrlari esa aholining sanitariya-gigiena talablari qanoatlantirilishini ta’minlamog‘i lozim. Issilik energiyasi va issiq suv iste’moli me’ѐrlari iqlim sharoitiga, uylarning turi va qurilish tuzilmasiga bog‘liq bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Issiqlik iste’moli me’ѐrlarini aniqlash uchun suv iste’molini aniqlash monitoringiga o‘xshash monitoring o‘tkaziladi. Isitish mavsumining nazorat qilinadigan davrida (kamida bir oy) issiqlik iste’moli me’ѐrlarini hisoblash ishlari bitta markaziy issiqlik punktidan (MIP) xizmat ko‘rsatiladigan uylar guruhi uchun amalga oshiriladi. Bunda turarjoy binolarining isitiladigan hajmi, shu binolarda yashovchilar soni, issiq suv ta’minoti tizimining hisoblab topilgan quvvati va amaldagi iqlimiy sharoit haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Nazorat qilinayotgan vaqt ichida binolarning amaldagi issiqlik iste’moli uyga kirish tarmog’iga o’rnatilgan issiklik o’lchagichlarining ko’rsatishlari bo’yicha aniqlanadi. Monitoring o’tkazishdan oldin isitish tizimlari dahalar ichidagi issiqlik tarmoqlari, yakka tartibdagi issiqlik punktlari, binolardagi issiqlik o’tkazmaydigan qoplama (izolyatsiya), ularning to’siq konstruktsiyalari (devorlar, derazalar, parto’sinlar), kirish eshiklari va zina xonalari yaxshilab sozlanmog’i lozim. Binoni bir oyda isitish uchun ishlatiladigan issiqlik me’yorlarini hisoblab topishda ushbu formuladan foydalanamiz: Qoy = Q bu erda: - binoni isitish uchun bir soatda sarflanadigan issiqlik (Gkal/soat). - xonalar ichidagi havo harorati, 0S; -tashqi havoning o’rtacha harorati, 0S; - tashqi havoning hisobiga topiladigan oylik harorati, 0S; n - oydagi sutkalar soni; 24 - sutkadagi soatlar miqdori. Misol: Turar joy binosini isitishga issiqlik iste’moli issiqlik o’lchagichlarining ko’rsatishlariga ko’ra isitish mavsumining oylari bo’yicha quyidagilarni tashkil etdi (Gkal/m3): Yanvar - 804537,792; Fevral - 41900,095; Mart - 588927,664; Noyabr - 658916,452; Dekabr -710675,05; Jami: - 3404051,052. 1. Isitiladigan 1 m2 maydonni bir yil mobaynida isitilish solishtirma issiqlik iste’molini ushbu formula orqali aniqlaymiz: bu erda: - yillik issiqlik iste’moli isitish mavsumi mobaynida turarjoy binosini isitishga - 3404951, 052 Gkal; - isitiladigan uylarning umumiy maydoni - 234494400.25 m2: n - isitish mavsumi – 5 oy. 2. Isitish mavsumining bir oyda 1m2 maydoni isitishga solishtirma issiqlik iste’molini quyidagi formula bilan topamiz: To’lovning yil mobaynida bir tekis taqsimlanishini ta’minlash maqsadida bir oyda 1 m2 maydonni isitishga solishtirma issiqlik iste’moli ushbu formuladan aniqlanadi: bu erda 12 - yildagi oylar soni. Misol: bir nafar yashovchini issiqlik bilan ta’minlash uchun oylik solishtirma issiqlik iste’molini aniqlaymiz: - issiq suv bilan ta’minlash uchun bir yilda issiqlikka bo’lgan ehtiyoj bo’lib, 3925814,568 Gkal/yilni tashkil etadi; m - issiq suv ta’minotidan foydalanadigan yashovchilar soni - 1295004 kishi; n - yildagi oylar soni (12); 1. Bir kishi hisobiga yillik issiqlik iste’moli quyidagi formula bilan aniqlanadi: 2. Bir nafar yashovchi hisobiga oylik issiqlik iste’moli quyidagicha hisoblab topiladi: Download 466.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling