Kurs ishining maqsadi: Uy-joy kommunal xo‘jaligi tizimida bahoni shakllantirish va kommunal xizmatlardan foydalanish me’ѐrlarini aniklash buyicha xulosa va takliflar .
Kurs ishining Vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi:
- Kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarda uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash xarajatlarining qiymatini shakllantirish;
|
- XUJMSHning uy-joy maydoniga qilinadigan foydalanish xarajatlari qiymatini aniqlash tartibi;
|
- Aholining kommunal xizmatlardan foydalanish me’ѐrlari va ularni hisoblash uslubi;
|
- Uy-joy xo‘jaligida suv iste’moli me’ѐrini aniqlash uslubi;
|
- Uy-joy xo‘jaligida issiqlik energiyasi iste’moli me’ѐrini aniqlash uslubi;
|
- Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalarining variatsiya ko‘rsatkichlari;
|
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob,
xulosa va takliflar,foydalanilgan adabiѐtlar ro‘yxatidan iborat.
I Bob. UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI TIZIMIDA
BAHONI SHAKLLANTIRISH VA KOMMUNAL XIZMATLARDAN
FOYDALANISH
1.1. Kommunal xizmatlar ko’rsatuvchi korxonalarda uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash xarajatlarining qiymatini shakllantirish
Uy-joy fondidan foydalanish va uni talab darajasida saqlash xarajatlari “Uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash xarajatlarining tarkibi” to’g’risidagi Nizomga asosan shakllantirilib, uy-joy umumiy maydonniing 1 kv. metriga qilinadigan foydalanish xarajatlari tariflarini shakllantirish asosida tuziladi.
Uy-joyga texnikaviy xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tarifining miqdori, uy-joy fondining mulk shaklidan qat’iy nazar:
1. Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxi;
2. Davr xarajatlari;
3. Moliyaviy faoliyatga oid xarajatlardan tashkil topadi.
Xarajatlarning ishlab chiqarish tannarxi o’z ichiga:
1. Uy xo’jaligini saqlash xarajatlari;
2. Hamma foydalanadigan joylar (xonadondan tashqaridagi xonalar, muhandislik tarmoqlari)ni joriy ta’mirlash, nosozliklarni bartaraf etish va rejalashtirilgan oldini olish ishlarini amalga oshirish xarajatlari;
3. Uy-joy fondidan foydalanuvchi yuridik shaxsning asosiy fondlariga kiruvchi mashinalar, uskunalar, anjomlar va boshqa mulkni to’liq tiklashga amortizatsiya ajratmalari;
4. Uy-joyning hamma foydalanadigan joylarini va uy atrofidagi hududni mukammal ta’mirlash xarajatlarini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |