Toshloq tumanidagi 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida Bilimlar kuni munosabati bilan nishonlangan tadbir


Download 116.42 Kb.
bet8/32
Sana06.01.2023
Hajmi116.42 Kb.
#1080815
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
1-oktabr 2021

MMIBDO’: M.Yo’ldasheva
Yoshlar yetakchisi: O.Xolmatova
chiqaring


O’zbekiston yoshlar ittifoqi 36-o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Giyohvandlik –asr vabosi” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
14.11.2019 yil Qipchoqariq MFY

O’quvchilarga giyohvandlik narkotik va narkotik ta’sirga ega bo’lgan moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik ekanligini,u giyohvand moddalarni doimo qabul qilish natijasida vujudga keluvchi, ushbu kasallik bilan og’rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan tegishli narkotik modda iste’mol qilishga bog’liqligini tushuntirish maqsadida maktab ma’muriyati va “Qipchoqariq” MFY bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. Tadbirda maktab direktori, o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari,yoshlar yetakchisi,maktab hamshirasi,maktabning 10-11 sinf o’quvchilari ishtirok etishdi.


“Qipchoqariq” MFY uchastka inspektori Y. Pirmatov o’quvchilarga giyohvandlik oqibatida kelib chiqadigan kasalliklardan biri OITS haqida gapirdi.
U OITS virusi 1983 yilda aniqlanganligini,uning qaysi yo’llar bilan tarqalishi, OITS ga chalinganlarda qanday belgilar kuzatilishi,bu kasallikka chalingan bemorlarning holati,yashash tarzi, bugungi kunda necha kishi bu kasallik bilan og’riganligi, o’lim holatlari, kasalxonalarda qanday tartibda davolanishlari haqida ko’plab ma’lumotlar keltirdi.
Shundan so’ng maktab sardorlari tomonidan tayyorlangan tadbir namoyishi bo’lib o’tdi. Tadbirda vatanni madh etuvchi she’rlar,kuy-qo’shiqlar,sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.
MMIBDO’: A. G’ofurov
Yoshlar yetakchisi: M. Turdialiyeva

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi 39-o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich tashkiloti tomonidan “Diniy bilimlar ham kerak” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati
BAYONNOMASI
27.01.2021yil Navbaxor MFY.

O’quvchilarga tarbiya berish, yaxshi va yomon xulqlarning farqini anglatish, dunyoviy bilimlar bilan birga diniy bilimlar ham yoshlar tarbiyasiga ta’sir ko’rsata olishini tushuntirish maqsadida 10-11 sinf qiz- yigitlari o’rtasida davra suhbati o’tkazildi. Bunda maktab direktori,yoshlar yetakchisi, Dang’ara tumani imom xatib o’rinbosari Jabborov Shavkatjon ishtirok etishdi.


Davra suhbatida ota va farzand munosabati, ona va farzand munosabati,qiz va yigit munosabati,kata va kichik munosabati,ustoz va o’quvchi munosabati,o’zaro hurmat qoidalari,yaxshi va yomon xulqlar, insoniy fazilatlar haqida gapirildi. Bugungi kun yoshlarining tarbiyasi qay holatda ekanligi, bugungi davrda yaratib berilayotgan sharoitlarning afzalligi va kamchiliklari haqida bahs yuritildi.
Davra suhbatida 11-sinf o’quvchisi Valijonov Nuriddin so’z olib o’z fikrlarini bildirdi. U o’z qarashlaridan kelib chiqib shunday dedi:
“Bugungi zamonda tug’ilganimdan avvalo baxtiyorman. Sababi barcha imkoniyatlardan unumli foydalana olishim,ularni o’z maqsadim yo’lida ishga solishim,davr nuqtayi nazaridan kelib chiqadigan bo’lsam o’zimdagi bor kuch,g’ayrat,bilimimni ishga solib VATAN ravnaqi yo’lida sarflay olaman. Buning uchun menda sharoit ham,imkoniyat ham mavjud. Men maktabda dunyoviy bilimlarni egallayotgan bo’lsam, uyda oilam a’zolari davrasida hadislardan eshitib, ularning mohiyatini anglab,dunyo ilmiga mutanosib holda egallayapman. Tarbiya olishimizda diniy bilimlar ham kerakligini anglayapman”.
Shundan so’ng o’quvchilar tomonidan savollar berildi. Savollarga tegishli javoblarni Valijonov Nuriddin o’quvchi-yigitlarga sodda va tushunarli holda yetkazib berdi. Davra suhbati barchaga manzur keldi.

Download 116.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling