To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021
Download 154.05 Kb. Pdf ko'rish
|
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh
Mirach Chag'ri Oqtosh
qattiq sevdim. Sen yashayotgan shaharni nafas olib, chiqarayotganing uchun sevdim. Xushlamagan narsalarim sening sevimli narsalaring ekanligini bilib, men ham ularni sen bilan birga sevdim. Hammadan qochdim. Butun insoniyatdan yuz o'girib, bir senga keldim. Sen bilan ovunishni istadim. "Sen undan afzallariga loyiqsan. Senga undan boshqa odam qurib qolganmi? U senga umuman munosib emas!" deganlarga quloqlarimni berkitdim. Seni ayblagan hammaga qarshi chiqdim. Endi bo'lsa o'sha insonlarning oldida uyatdaman... O'zimni sening soxta muhabbating bilan ovutdim. Men seni, hatto "Seni istamayman!" degan o'sha so'zingni ham balkonimdagi gul tuvaklariga ekishni istaydigan darajada telbalarcha sevdim. Meni yarim yo'lda tark etganingda ham, ortingdan qoldirib ketgan azoblarga sodiq yashagancha, ularga, hatto gard ham qo'ndirmadim. Meni tugatib, mana ko'rib qo'y degandek kb'zimning o'ngida o'zgalar bilan vaqtichog'lik qilishingga qaramay, seni baxtli bo'lishingni istadim. Tinglayotgan bar musiqamning naqoratida, o'qiyotgan bar bitta kitobimning bar jumla- sida senga duch kelishimga qaramay, o'sha musiqani tinglashda va o'sha kitobni o'qishda davom etdim. Yer yuzida mavjudligimga shubha qiladigan darajada meni ko'rmaslikka olganingda ham ko'zlarim sendan boshqasini ko'rmadi. Seni bag'rimga bosgan vaqtimda iforingdan ich-ichimga to'ldirib olishni istay digan darajada senga oshiq edim. Bularning barchasini faqat seni sevganim uchun qildim. Pushaymonmanmi? O'lgudek! 91 To'siqiarga qaram ay sevdik Albatta, sening yuraging yo'qligi uchun bunday tuyg'ularning farqiga bormaysan. Agar inson sevih qolsa, yuragi uning jilovini o'z qo'liga olar ekan va o'zi istagan tomonga burar ekan. Ovozing boricha sevma deb baqirsang ham u bunga sira quloq solmas ekan. Qalbingga so'zingni o'tkazolmas ekansan. Men ham o'tkazolmadim. Noiloj edim. Chunki oshiq edim. Ammo oshiqhgimni deb qadrsizlandim. Hozir tashlab ketgan joyingdan senga shivirlayman: Noloyiqsan! Download 154.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling