To'siqiarga qaram ay sevdik
0 ‘zing tanla. Yo xudbinga aylanasan yoki bir moychechakni
yulishning o'rniga uni o'z bandida sevib,
har kun uning
chiroyidan bahra olasan...
Sizni boringizcha qabul qilib, ko'ngil
qo'ygan insonlarni seving. O'z manfaatlari yo'lida
o'zgartirmoqchi bo'lganlarni emas.
Mirach Chag'ri Oqtosh
Koshki sira uchrashmaganimizda edi
Koshki sen bilan sira tanishmagan bo'lganimizda
edi.
Ismingdan,
borligingdan
va
tuyg'ularingdan
boxabar bo'lmasam qaniydi... Agar charchog'imning
ustiga charchoq qo'shishingni bilganimda,
qasam ichib
a
3n;amanki, ismingning bir dona harfini ham tilimga
olmasdim. Agar biz tanishmaganimizda
hamma narsa
pokiza bo'lib qolardi. Masalan, "Seni sevaman!" degan
izhorlarning biror ma'nosi qolardi.
Bir finjon qahva
stolning ustiga yanada qaynoqroq holda yetib kelardi.
Musiqalar quloqqa ta'sirliroq eshitilardi. Agar biz sen
bilan tanishmaganimizda shu
ishq deganlari insonlarga
yanada ishonchliroq tuyulardi. Hech kim yolg'onlarga
aldanib qolmasdi.
Men shu vaqtgacha qarshimda kim turgan bo'lsa
ham, eng mayda hisni tuymagan holda “Seni sevaman"
degan yolg'onlar to'qimadim. Bo'yimdan baland gaplarni
gapirib, keyin o'sha gaplarning orqasiga berkinmadim.
Agar sevsam, sevdim dedim. Aksincha bo'lsa, his
qilmagan tuyg'ularim haqida bong uradigan
darajada
tubanlashmadim. Ammo sen menga nisbatan zarracha ham
sevgini his
qilmagan holda, bo'yingdan baland yolg'onlar
to'qib, doim menga umid berib kelding... Sen tubansan va
shu boisdan ham seni sira tanimagan bo'lishni istardim...
Hamma narsa sen ila go'zal bo'lishiga ishonardim.
Do'stlaringiz bilan baham: