Mirach Chag'ri Oqtosh
Ilk bo'lish afzalmi yoki so'nggi bo'lishmi?
Hamma birinchi bo'lishga harakat qiladi. Zero
birinchi bo'lish bilan birga oxirgi bo'lish
ham muhim
ahamiyatga ega. Ammo bu tomoniga hech kim e'tibor
bermaydi. Yoki e'tibor berishni istamaydi. Ilk bo'lish
afzalmi yoki so'nggi bo'lishmi, degan savolning javobini
o'zimning shaxsiy tushunchalarim
orqali siz bilan
bo'lishishga harakat qilaman.
Ilk so'zi o'ta chuqur bir ma'noga ega so'zdir.
Ushbu so'z o'z
ichiga juda ko'p ma'nolarni jamlagan.
Soflik, ishonch, ma'sumlik, azob, qayg'u, nadomat
singari... Hayotingning so'nggi bekati bo'lib
qolish uchun
kelganlarning ham
"ilk"larga o'xshab
ketganlardan
farqi bo'lmaydi. Menimcha bir insonning hayotida
birinchisi bo'hsh o'sha insonning
hayotida chuqur bir
iz qoldirish degani. Men uchun birinchisi emas oxirgisi
bo'lib qolish mantiqlidek tuyuladi.
Sababi bir insonning
hayotida birinchisi ekaningiz, niing afsuski, oxirgisi bo'lib
qolishingizni bildirmaydi. Atrofga qarang. Diqqat bilan
qarang. Hayotimizga ilk o'laroq
kirgan insonning oxiri
boshqasiga tegishliligini ko'rasiz. Muhimi birinchi bo'lishda
emas, birinchi bo'lish bilan bir qatorda oxirigacha qolish,
so'nggi bo'lib qolishdir eng muhim masala. Agar hamma ish
"ilk” bo'lish bilan bitganida hamma bir insonning hayotiga
ilk bo'lib kirganidan keyin ko'ngli xotirjam tortardi. Biroq
oxirgisi bo'lib qolish zahmatli ish bo'lganligi uchun hech
kim bunga jiddiy yondashmaydi.
Aslida, hayotiga birinchi bo'lib kirgan insoningizga
o'tkazgan ta'siringizning o'ndan birini qo'llasangiz, o'sha
103