To'siqiarga qaram ay sevdik
Puch xayollar
Inson surgan xayollari puchga chiqishidan ham
yom onroq holat bo'lmasa kerak.
Barchamiz ham hayot
atalmish manzilga safarga chiqar ekanmiz, onda-sonda
bunday ko'chalarga bo'ylashga majbur bo'lamiz...
Baxtli
hayotga erishish uchun o'zimizni urgan ko'chalarga,
noto'g'ri
qaror
qilib
kirgan
ko'chalarga,
arzimas
insonlarga yuksak baho berib, bo'ylagan ko'chalarga,
pok tuyg'ularimizni g'araz niyatli insonlarga sarf qilgan
ko'chalarga, mutlaqo xayollarimizni
puchga chiqargan
ko'chalarga bo'ylaymiz umr bo'yi... Xayollari puch bo'lib
chiqqan insonning tortadigan azobini ta'riflashga hojat
bo'lmasa kerak? Vaholanki,
ayrim dardlarni izohlab
bo'lmaydi, ular faqat his qilinadi va shundagina buning
qanday azobligi anglab yetiladi. Shuning uchun ham
sarobga aylangan xayollarning
insonga torttiradigan
azobini tushuntirishga hojat yo'q. Zero bu azobni bir
bor bo'lsa-da totmagan insonning o'zi yo'q. Shu boisdan,
hammamiz yaxshi bilamiz, noloyiq
insonga ishonishning
oxiri azob va uqubat olib kelishini. Ammo Tangrining
buyukligini va kim kimning boshiga qanday kun solsa,
u ham bir kuni ayni
shu holatga tushishini a
3rtmasdan
o'tishni istamayman. Axir aytishadiku: "O'kinma, Alloh-
ning nazaridan hech narsa chetda qolmaydi.” deya...
Sizning ishtirokingizda surilayotgan xayollarni
puchga chiqarmang. Sizga ishongan insonlarning
nadomatiga aylanmang. Chunk! birovning la'natiga
qolgan odamga Allohning mag'firati yo'qdir...
108