Mirach Chag'ri Oqtosh
Nonko'r insonning belgisi
Hammasidan ham insonning nonko'r sifatlisidan
qo'rqish kerak. Hatto
sen bir inson uchun amalga
oshirayotgan eng kichik harakatingning ham o'sha inson
uchun qadri bo'lishi lozim. Qilayotgan fidokorliklaringni
qadrlashi lozim. Bergan
qadr-qimmatingni hayotida
hech kim qo'li yetmaydigan yuksak o'ringa qo'yishi
lozim. Ammo biz doim nonko'r sifatli insonlarga duch
kelganimiz uchun na qilgan fidokorligimizning va na
bergan qadr-qimmatimizning bir ahamiyati bo'lmaydi.
Nima bo'lsa, bizga bo'ladi. O'sha
inson uchun sendan
a w a l hech kim qilmagan ishlarni qilasan. Hech kim
sarflamagan vaqtingni sarflaysan. Hech kimdan ko'rmagan
qadr-qimmatni ham sendan ko'radi.
Ammo bularning
evaziga nima olasan, bilasanmi? Tish-tirnog'ing
bilan
kurashganingning evaziga "Kim senga harakat qil, dedi?
Men senga yalinganmidim?” degan javobni olasan. Aynan
mana shu lahzada yiqilasan. O'sha
inson uchun qilgan
fidokorliklaringni va yaxshiliklaringni qaytarib olishni
xohlaysan, ammo ololmaysan. Keyin achinasan. O'zingdan
jahling chiqadi, g'azablanasan. Ammo qo'lingdan bundan
ortiq hech narsa kelmaydi...
Mushuklarning nonko'rligi insonlarning
nonko'rligi oldida hech narsa emas.
I l l