To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Mirach Chag'ri Oqtosh
Agar muhabbatingni oshkor qilmasang, 
qancha sevsang ham foydasi yo'q
Sevgining chek-chegarasiz bo'lishi emas, uning 
sof va beg'araz bo'lishi muhim ekanligi haqida gapirdik. 
Faqat sevish bilan cheklanib qolmay, balki uni his qildira 
olish ham kerak dedik. Qalbdagi muhabbatni oshkor 
qiUsh uchun faqat chiroyli izhorlar-u jimjimador so'zlar 
yetarU emas dedik. Ammo chinakam sevish bilan birga 
chinakam sevilishning ham haqqini to'lash kerakligi 
haqida gapirmadik. Albatta, og'zidan chiqqan "Sevaman” 
degan so'zga butun borlig'i bilan kafil bo'lgan odamlarga 
biror e'tirozim yo'q. Ammo har bir inson sevilishning ham 
haqqini to'lashi kerak. Men aytmasdan o'tolmaydigan 
bu mavzuni qog'ozga tushirishimga sabab bo'lishgani 
uchun ayrim insonlardan biroz xafaman. Atrofdagi 
insonlarga qarang. Ularning hammasi ishq ummoniga 
g'arq bo'lishgan-u, ammo sevilishning qadrini hech 
biri bilmaydi. Qalbidagi sevgisiga egalik qilmaydi, unga 
sadoqat saqlamaydi. Sevilishning haqqini to'lash uchun 
moddiy boylikka hojat yo'q. Bor-yo'g'i vafodor bo'ling va 
sizga qalbidagi muhabbatini his qildirayotgan insonni 
mahkam bag'ringizga bosing, shu xolos.
Allohim, bizni qalbidagi ishqiga va unga qaratilgan 
muhabbatga sadoqatli bo'ladigan insonlar bilan
uchrashtir...
109


To'siqiarga qaram ay sevdik
Men istamagandim
Menga noto'g'ri vaqtda qarshingdan chiqqanimni 
aytding, ammo bu mening aybim emas edi. Men senga 
ayni kerakli paytda keldim. Ammo sen hanuz o'tmishingga 
muhabbat bilan yashaganing uchun meni kaftingning 
orqasi bilan bir chetga surding. Xo'sh, men sendan bir 
kun bo'lsa-da, voz kechdimmi? Aslo! Ketgan joyingga bir 
kuni qaytib kelasan va hidlab mast bo'lasan, deya sen 
tark etgan joyga moychechaklar ekib, kelishingni kutdim. 
Boshqalarga qanchalar go'zal muhabbat qo'yganingni 
olislardan tomosha qildim. Mendan boshqa hammani 
juda go'zal shaklda sevding va sen uchun birgina men 
ko'rimsiz edim. Barchaning ustidan xuddi quyosh singari 
nurlaringni sochding, sen faqat men uchun bulutli va tund 
eding.
Sen o'zga qalbning ummonida suzayotganda, 
men seni sevgancha, bir qancha harakatlarni amalga 
oshirdim. Ham kutdim, ham sevdim, ham voz kechmadim. 
hamda sening o'zga bilan boshdan o'tkazayotgan ishqiy 
sarguzashtlaringni tomosha qildim. Bularni amalga 
oshirayotib, qattiq azoblandim va ichimni tilka-pora 
qilayotgan bu azobni hech kimga sezdirmadim. Mayliga, 
dedim. U mening yakka-yolg'iz dard yutishimga ham 
arziydi. Ming afsuski, arzimading. Men esa ayni shu 
nuqtada mahv bo'ldim...

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling