To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

lirach Chag'ri Oqtosh
Ammo men hammasini qildim. Ortig'i bilan qildim! No- 
mard insonlarga omonat qilingan qalblarning zararlarini 
doim men qopladim. Toptalgan ishonchlarni aw algi 
holatiga har gal men keltirdim. So'ngan tuyg'ularga 
qaytadan men jon berdim. Noloyiq insonlarga atalgan 
toza sevgining totini o'sha noloyiq insonlar totar ekan
men Xudoning har bergan kuni o'sha sevgining jafosini 
chekdim. Oxir-oqibat esa 
sevgisiz va e'tiborsiz bir 
chekkaga uloqtirilgan ham men bo'ldim.
Hayotingizga kiritish u yoqda tursin, hatto ko'chada 
ko'rsangiz Allohning salomiga arzimaydigan insonlarning 
toshga 
aylantirgan 
qalblarini 
deb 
o'sha 
pokiza 
ishqlarga hasratda qoldik. Bizga qarab, hech narsani his 
qilmayapman deyishdi, endi menga his-tuyg'ular begona, 
hatto qalbimni his qilmayapman, deyishdi. O'zlaridan 
ham ko'ra yuraksiz insonlar mavjuddek, "Sen bundan 
ko'ra yaxshilariga munosibsan!" deyishdi. Ammo hamma 
ayb bizga bu so'zlarni aytganlarda emas, boshida o'zlarini 
ishonchli odamdek ko'rsatib, keyin xayollarni puchga 
chiqarib ketgan vijdonsizlarda edi.
“Menga ishon" deya ishonchni poymol qilib 
ketganlarning bog'i bahor, tuproqlari yomg'ir
ko'rmasin...
101


To'siqiarga qaram ay sevdik
Birkunkelib...
Insonni har gal "Axir men shularga arzirmidim?!” 
deyish charchatadi. Biz munosib bo'lmagan azoblarni 
boshdan 
kechirishimiz jo'sh 
urgan 
tuyg'ularimizni 
borgan sari so'ndirib boradi. Bu borada qo'lidan hech 
narsa kelmayotgani uchun inson o'zini juda notavon his 
qila boshlaydi. Bu narsa esa hayotga toqat qilishimizni 
tobora qiyinlashtiradi. Ular o'zlari noloyiq bo'lgan 
baxt-u saodatning gashtini surishayotganida, biz o'zimiz 
munosib bo'lmagan azoblarning jafosini chekdik. Ishonib, 
qalbimizni ochgan insonlarimizning bizga qoldirgan 
armonlari bilan kurashib yashadik. Lekin borgan sari bu 
qiyinchiliklarning soyasida toblandik va bundan sira ham 
nolimadik. Noloyiqlar yashayotgan baxtli hayotning ham 
oxiri bor, biz buni bilardik. Kun kelib, mutlaqo hamma 
o'ziga munosib hayot bilan taqdirlanishi kerak. Ammo 
baxtli bo'lishga munosib bo'lgan insonlar bir chekkada o'z 
dardlari bilan kurashayotganida, o'zingizga nomunosib 
baxtga ega ekanligingizni dardmandlarga ko'z-ko'z qilib 
yashadingiz. Chunki sizda baxtga noloyiq ekanligingizni 
tan oladigan vij donning o'zi yo'q edi. Siz bu haqiqatni hech 
qachon ko'rolmaydigan darajada xudbin edingiz.

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling