To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021


Download 154.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/75
Sana25.10.2023
Hajmi154.05 Kb.
#1719507
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

96


lirach Chag'ri Oqtosh
mavjud. Buni ikki qalbning o'rtadagi masofa qanchalik olis 
bo'lsa ham bir-biriga talpinishidan bilishingiz mumkin. 
Ammo men bir-biriga munosib bo'lgan-u, lekin ikkisining 
o'rtasida 
tog'lar va uzun yo'llar yastangan bo'lishiga 
qaramay, baribir sevgisidan tonmagan insonlarning 
sevgisiga va samimiyatiga ishonaman, sevishini iddao 
qilgancha, har Xudoning bergan kunida bir-birini 
zaharlab, zarar berganlarnikiga emas. Ularniki sevgi emas, 
yaltiroq jildga o'xshaydi. Bilasiz, bizda hamma yaltiragan 
narsaga uchadi. Haqiqiy sevgi sovuq havoda asqotadigan 
to'qima sviterga o'xshaydi. Kim birgina o'sha sviter bilan 
qanoatlansa va isinadigan bo'lsa, ishq o'sha insonga 
yarashadi. Zotan ishq degani boriga qanoatlanib, shukr 
qihsh emasmi?
Balki oshiqdirsiz. Kimnidir jondan ortiq sevarsiz. 
Ammo bir tomonli munosabat bilan faqat bir joygacha 
borishingiz mumkin. U ham kuchingiz va sabringiz 
yetgan yerning so'nggi manzilidir. Allaqachon voz 
kechgan bo'lishingizga qaramay, o'sha damgacha sevishni 
uddalagan bo'lsangiz, ko'nglingiz xotirjam bo'laversin. 
Qayerda bo'lsangiz ham haqiqiy baxt bir kuni eshigingizni 
taqillatadi.
Eslatma: Bir inson sizni chindan sevish yo 
sevmasligini bilmoqchi bo'lsangiz, bu munosabatni 
xohlamasligingizni aytganingizdan keyin qo'l siltab 
ketadimi yoki yanada qattiqroq kurashadimi, shunisiga 
e'tibor bering. Aynan shu vaziyatda uning qanday yo'l 
tutishi sizga bo'lgan munosabati qat'iy yoki beqaror 
ekanligini ko'rsatadi.
Yor tark etgan bo'lsa-da, 
Uni sevishda hanuz davom etishga Ishq deyiladi.
97


To'siqiarga qaram ay sevdik
Ko'nikasiz
Ishonch bildirasan-u, ishonching puchga chiqadi, 
ko'nikasan. Ko'ngil qo'yasan-u tark etilasan, ko'nikasan. 
Qilmagan 
fidokorliging, 
sarf 
qilmagan 
harakating, 
to'kmagan ko'zyoshing, his qilmagan azobing qolmaydi, 
ammo kelib-kelib o'rningga qiymatsiz bir 
insonni 
almashtirishadi, ko'nikasan. Eng yaqin do'stingdan eng 
og'ir zarbani yeysan, ko'nikasan. Hatto o'z otang seni 
tashlab ketgan bo'lsa ham, qolganlar seni sevishiga umid 
qilasan, ammo u yerda ham xato qilasan, ko'nikasan. 
Eng ko'p ishonganlaring tomonidan qazilgan chohlarga 
qulaysan, ko'nikasan. Bu safar adashmayman, bu safar 
yaralanmayman deb o'ylaysan, ammo ko'zlaringni ochsang, 
o'zingni qop-qorong'u bir tunnelning ichida ko'rasan, 
ko'nikasan. Qisqasi, sen insonsan! Yengolmayman deb 
o'ylagan narsangni yengasan, usiz yasholmayman degan 
insoningsiz ham yashaysan, qaytib turolmayman degan 
joyingdan oyoqqa turasan. Chunki sen insonsan va har 
qanday dardga bardosh qila olasan.

Download 154.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling