Mirach Chag'ri Oqtosh
Sizda qalb degan narsa yo'q
Qalbida muhabbati bo'lgan inson vafoli bo'ladi.
Ammo bu his sizga begona. Vafodor insonning qiyofasiga
kirib olib, bar kulib boqqanga eshik ochdingiz. Har
SUV uzatganga kurtak yoydingiz.
Begona insonlarga
liam xuddi hayotingizdagi yaqin insonga qaragandek
qaradingiz. O'tkinchlarga ham sizga "sevaman” degan
insonlarga bog'langandek bog'landingiz. Sizni doim yangi
insoniar qiziqtirardi, undan nariga o'tolmadingiz. Asl
narsaning ma'nosini bilmadingiz;
Haqiqiy bilan qalbakini
ajratolmadingiz.
Faqat bir insonga tegishli bo'lish
nima ekanligini bilmadingiz. Sizga nisbatan eng go'zal
tuyg'ularni uvol qildingiz. Sevmaydigan insonlaringizga
umid berdingiz. Bu ham yetmagandek, eng go'zal shaklda
sevadigan insonlarni hissiz insonga aylantirdingiz. Ulkan
ma'noga boy bo'lgan narsalarni oddiylashtirdingiz. Chunki
o'zingiz ham oddiysiz!
Eng go'zal tuyg'ularni isrof qildingiz,
zero, isrof eng og'ir gunohdir.
Bu ham sizning bo'yningizga bir yuk bo'lsin.
99
To'siqiarga qaram ay sevdik
Biz hech qachon benuqson sevilmadik
Insonlar doim tuyg'ularimga nisbatan ojizligimdan
foydalanishdi. Zero boshimga nimaiki tushgan bo'lsa
hamma-hammasiga ko'ngilchanligim va qarshimdagi
insonni o'zimdek o'ylashim sababidan bo'ldi. Sevgi
borasida kimning eshigini taqillatsam, yuzimga qarsillatib
yopilgan
eshiklar haqida gapiraymi, yo bor-u yog'imni
o'rtaga tashlab sevgan holda shu bilan kifoyalanib qolmay,
sevishimni
isbot
qilishimga
qaramay,
boshqalarga
almashtirilganimni aytaymi yoki vaqtida qiymati
ikki
chaqaga qimmat bo'lgan insonlarning yaqinlarim boshiga
solgan og'ir ko'rguliklarning o'rnini tuzatish uchun qilgan
harakatlarim haqida gapiraymi? Ammo
shunga qaramay,
mening yo'lim vafo, sadoqat, qadr-qimmat va fidokorlik
tuyg'ularining asl mohiyatini anglagan insonlar bilan sira
kesishmadi. Kesishgan bo'lsa ham oxiri doim hijron bilan
yakunlandi. Insonlar sizning og'riqli nuqtangiz qayerda
joylashganini bilganida bundan juda yaxshi foydalanishadi.
Ammo bunda bir haqiqat bor, kimgadir ko'ngil qo'ygangizda
hamma narsa o'zgarib ketadi.
Kimgadir ishonmaslik va
sevmaslik uchun ichgan qasamlaringizni aynan shu onda
buzasiz. Zero biz hammamiz aynan mana shu nuqtada
yo'qotamiz. Men boshqa birov ochgan jarohatni tuzatishga
majbur emasdim.
Men boshqa birovlar ochgan yaraga malham
qo'yishga majbur emasdim. Men noto'g'ri insonlarga
ishonishning va suyanishning badalini to'lashga majbur
emasdim. Bularni qilishga umuman majbur emasdim.
100