Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Tashish sharoitiga ko‘ra yuklar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

oddiy, ya‘ni hech qanday maxsus moslama talab etmaydigan; 

tez buzuluvchi (oziq-ovqat mahsulotlari). Ularni tashish uchun 
maxsus sanitariya va harorat shartlari zarur; 

keskin va ko‘ngilsiz hidli; 

tirik (mol va qushlar). Bunday mollarni tashish uchun transport 
vositalari tashiluvchi moddalarni yo‘llarda oziqlantirish va ular 
axlatini tozalash va h.k.larga moslangan bo‘lishi zarur. 
Omborlarda saqlanish sharoitlariga ko‘ra yuklar 4 guruhga 
bo‘linadi: 

yog‘ingarchilik va harorat o‘zgarib turishidan buzilmaydigan 
(qum, shag‘al, maydalangan tosh, toshko‘mir va h.k.). Bunday yuklarni 
usti ochiq maydonchalarda saqlash mumkin; 

yog‘ingarchilikdan buzilishi mumkin (metall, metall buyumlari, 
g‘isht va h.k). 
Bunday yuklarni usti berk ayvonchalarda saqlash zarur; 

yog‘ingarchilik va haroratning o‘zgarishi natijasida buziluvchi 
yuklar. Bunday yuklarni berkitilgan xonalarda va issiq (sovuq)ni 


61 
izolyatsiyalanuvchi va zarur haroratni saqlovchi (tez buziluvchi tovarlar-
muzlatkichlarda, muzlashi mumkin bo‘lmagan suyuqliklarni esa - 
isitiluvchi omborlarda va h.k.); 

maxsus rezervuar (idish)larda saqlanuvchi (suyuq yo‘nilg‘i, 
moylar va shu kabilar) kiradi. 
Joylab saramjonlash (upakovkalash) xarakteriga ko‘ra yuklar 
taralangan va tarasizlarga bo‘linadi. 
Yuklarni tasniflashdan maqsad transport vositasi, tashish 
usullaridan 
yaxshiroq 
foydalanish, 
ortish-tushirish 
ishlarida 
mexanizatsiyadan foydalanish kabilardir. 
Transport vositalari ish unumiga ta‘sir etuvchi asosiy logistik 
ko‘rsatkichlarni baholashda, asosiy yo‘nalishlardan biri logistik 
xarajatlarni minimallashtirish lozim. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling