Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish. 
a) taksi avtomobillarda pasajirlarni tashish; 
Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish avtobuslar bilan 
tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish 
ishlarni tashkil etish tamoyillarga ko‘ra tubdan farqlanadi. Yengil 
avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan quyidagilarga bo‘linadi: 
maxsus taksi avtomombillarda yo‘lovchilarni tashish; xizmat yuzasidan 


65 
yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish. Keyingi tashishlar qatoriga 
aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil 
avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy 
mulklari bo‘lgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bor. Yengil 
avtomobillarda yo‘lovchilar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va 
shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir. 
Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yo‘lovchilarni eng qulay 
tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi 
yo‘lovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay, ularga 
qo‘shimcha transport turi bo‘lib, aksariyat hollarda vaqti ziq bo‘lgan 
yo‘lovchilarni tashishlarda, yo‘lovchining talabiga binoan u aytgan 
“eshikdan-eshikgacha” bo‘lgan tashishlarda, yukli yo‘lovchilar 
qatnovida, shahar yo‘lovchilar transportning boshqa turi bo‘lmagan 
hududlardagi tashishlarda yoki shahar yo‘lovchilar transporti 
ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yo‘lovchilar 
transporti hisoblanadi. 
Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar atrofi, qishloq 
joylardagi va shaharlararo yo‘lovchilar tashishda ham foydalaniladi. 
Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish 
xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda 
bo‘lib, o‘rtacha bosib o‘tish masofasi 200-250 km.ni tashkil etadi. 
Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi 
yo‘lovchilar yuk bilan qatnovchi yo‘lovchilardir. Shuning uchun ham 
taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori 
darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, yo‘lovchilarni o‘tirish va ular 
yuklarini joylashtirish qulay bo‘lishi talablari qo‘yiladi. 
Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini o‘lchab boruvchi 
asbob- taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari bo‘lishi lozim. 
Bunda ko‘k chiroqli signal taksi bo‘shligini, qizil chiroqli signal uning 
aksi, ya‘ni bandligini ko‘rsatadi. 
Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari bo‘lib, 
avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi 
talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik 
bo‘lsa, asbob ichiga o‘rnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan 


66 
foydalanish haqi hisoblanib boriladi. 
Taksometr asbobi Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil 
spidometri (harakat tezligi ko‘rsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling