Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

O‘qitish maqsadlariga erishish.  
A - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning turli marketing 
kanallarini va ularning aloqaviy maqsadlarga xizmat qilishini 
tushunishlari muhim hisoblanadi. Siz o‘quvchilardan o‘zlarining 
marketingga oid aloqalar sohasidagi bilimlarini muhokama qilishlari va 
o‘z g‘oyalarini sinf bilan o‘rtoqlashishlari uchun kichik guruhlarda 
ishlashlarini so‘rashingiz mumkin.
O‘quvchilarga turli tashkilotlar uchun marketingga oid aloqalar 
to‘g‘risidagi va ularning tashkilotga qanday ta’sir etishi mumkinligi 
to‘g‘risidagi bilimlarini o‘rtoqlashishni taklif etish orqali mavzuni ochib 
bering. Tarmoqda bir qator tashkilotlar uchun marketingga oid 
aloqalarni tasvirlab beradigan marketing aloqalarining ko‘plab misollari 
mavjud. Guruhli bahs-munozaralarni o‘tkazish uchun mavzuga oid 
tadqiqotlardan va ssenariylardan ham foydalanish mumkin. Muhokama 
qilish va o‘z shaxsiy misollarini qo‘shishlariga imkoniyat berish 
maqsadida sinfga samarali va samarasiz marketingga oid aloqalarning 
misollarini keltirish lozim.
Marketingga oid aloqalarni muhokama qilish uchun mahalliy va 
milliy korxonalardan spikerlar taklif etilishi mumkin. O‘quvchilarga 
spikerlar kelguniga qadar marketingga oid aloqalar va ularning 
tashkilotga qanday foyda keltirishi mumkinligi haqida savollar 
tayyorlash topshirig‘i berilishi lozim. Bu o‘quvchilarning mazkur 
faoliyatdan maksimal natija olishlarini kafolatlashi kerak bo‘ladi. 
V va S o‘qitish maqsadlari uchun o‘quvchilarning tashkilot uchun 
marketingga oid aloqalarni ishlab chiqa olishlariga, shuningdek kanalga 
va mazkur aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni yarata 
olishlariga ishonch hosil qiling. O‘quvchilarni tashkilotlar uchun yaxshi 


85 
marketingga oid aloqalarning qadr-qimmatini mustaqil o‘rganishlariga 
va o‘z xulosalarini guruh bilan o‘rtoqlashishlariga undang.
O‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy marketingga oid aloqalarini 
ishlab chiqishlaridan avval marketingga oid aloqalarni tadqiq qilish 
imkoniyatini beradigan keys-stadilar taqdim etilishi mumkin.
D - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning o‘z individual 
tanqidiy baholashlarini yakunlashlaridan avval tanqidiy baholanishni 
amaliyotda o‘taganlariga ishonch hosil qiling. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling