Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat
Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf
4.2. Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni
boshqarish tizimlari Raqamli marketingda tadqiqotlar deganda raqamli marketing kommunikatsiyalari va texnikalari tamoyllarini modul tizimida o‘rganish tariqasida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun o‘qishga doir qo‘llanma ishlab chiqish lozim bo‘ladi. U o‘z ichiga modulning maqsadini oladi. Maqsad - o‘quvchilarda O‘zbekistonda respublika darajasida va butun dunyoda foydalaniladigan marketingga oid aloqa vositalari va 83 texnikalar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarni rivojlantirishdan iborat. O‘quvchilar eng muhim nazariyalarni va asoslarni o‘rganadilar hamda ularni real misollar bilan, jumladan, o‘zlari kundalik hayotlarida to‘qnash kelishlari mumkin bo‘lgan marketingga oid aloqalar bilan bog‘lashlari mumkin bo‘ladi. Siz o‘quvchilarni turli tashkilotlarning marketingga oid aloqalarini ko‘rib chiqishga va ularning o‘z aloqa maqsadlariga erishish uchun turli marketing kanallaridan qanday foydalanishlarini tushunishga undashingiz lozim bo‘ladi. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘quvchilar o‘z tanlovlariga ko‘ra tashkilot uchun aloqaviy maqsadlarni ishlab chiqa olishlari, kanal va aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni bilishlari lozim. Shuningdek, ular aloqaviy strategiyani, kanal tanlovini va ijodiy kontentni baholay olishlari kerak bo‘ladi. O‘quvchilarga modulni bilishlari va tushunishlarini namoyish etishlari uchun turli tashkilotlarni hamda ularning marketingga oid aloqalarini tadqiq qilish va muhokama qilishlari uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etilishi zarur. Mazkur modulni yakunlash uchun o‘quvchilaringizga internet, jurnallar va kitoblarni o‘z ichiga oladigan bir qator tadqiqot materiallaridan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim. Siz mazkur modulda o‘qitishning turli usullaridan foydalanishingiz mumkin, masalan: • muhokama – marketingga oid aloqalar, ularning turli tashkilotlarda qo‘llanilishi va ularning muhimligini sinfda va kichik guruhlarda muhokama qilish; • mustaqil va guruhli taqdimotlar – marketingga oid aloqalarni va tashkilotning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liqligini qamrab oladi; • keys-stadilar va videokliplar – biznesdagi marketingga oid aloqalarni tasvirlaydi; • marketingga oid aloqalarga taalluqli bo‘lgan OAV materiallari va jurnallardagi maqolalar; 84 • internet – marketingga oid aloqalarga doir suhbatlar va videoroliklar. Guruhlardagi mashq o‘qitishning maqbul shakli hisoblanadi, biroq siz har bir o‘quvchi baholash uchun yetarli darajadagi o‘zining shaxsiy dalillarini taqdim etayotganiga ishonch hosil qilishingiz lozim. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling