Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Baholashga doir qo‘llanma.  
Mazkur modul bir qator mustaqil topshiriqlar orqali o‘qitadigan 
tashkilotning ichida baholanadi. Har bir topshiriq hech bo‘lmaganda 
bitta o‘qitish maqsadini qamrab olishi lozim. O‘qitish maqsadining 
mezonlarga ko‘ra topshiriqlarga yoki quyi topshiriqlarga bo‘linmasdan 
butunicha baholanishi muhim hisoblanadi. 
Barcha o‘quvchilar tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan shaxsiy 
dalillarini mustaqil tarzda ishlab chiqishlari lozim. Alohida tadqiqotlar 
bilan birga keladigan alohida yozma hisobotlar dalillarning asosiy 
manbalari bo‘lishi mumkin.
Modulning boshlanishi.  
Boshlanish spetsifikatsiyada keltirilgan, baholashga nisbatan 
tavsiya etilgan yondashuvga asoslangan modulni o‘qitish usulini taqdim 
etish uchun tayanch nuqtasi hisoblanadi. 
Modul: Marketing kommunikatsiyalari va texnikalari tamoyillari  
Kirish  
O‘quvchilarni 
guruhli 
muhokama 
yordamida 
modul 
bilan 
tanishtirishdan boshlang. Bu ularning o‘zlari faoliyat yuritadigan 
tashkilotlaridagi qaror qabul qilish jarayoniga taalluqli bo‘lgan modulni 
o‘qitish maqsadlarining bayoni bilan birgalikda kelishi mumkin.


86 
A - o‘qitish maqsadi: Marketingning turli yondashuvlari va 
ularning kommunikatsiya maqsadlariga xizmatini o‘rganish  
Siz o‘quvchilardan ular “marketingga oid aloqalar” atamasini 
qanday tushunishlari haqida o‘ylab ko‘rishlarini so‘rashdan 
boshlashingiz mumkin.
O‘quvchilardan navbatdagi “Marketingga oid aloqalar va ularning 
mijozlar hamda tashkilotga ta’siri” mavzusini muhokama qilishlarini 
so‘rang. Marketingga oid aloqalar va ularning turli tashkilotlarda 
qo‘llanilishi borasidagi muhokamani qo‘llab-quvvatlash uchun 
o‘quvchilarning misollaridan foydalaning.
Mijozlarning e’tiborlarini jalb etish, ularda o‘zaro bog‘liqlik, idrok 
etish va sodiqlik hislarini shakllantirish uchun brendlarni targ‘ib qilish 
va rivojlantirishdagi marketingga oid aloqalarning tutgan o‘rni haqida 
guruhda muhokama o‘tkazing.
O‘quvchilardan bolalar uchun reklama va “pester power” (bolaning 
ota-onasidan biror nimani sotib olib berishlarini so‘ray olish qobiliyati), 
sotuvlar chog‘ida bosim o‘tkazish usullari, “greenwash” (halokatli 
faoliyatni yashirish, sir saqlash yoki kamaytirib ko‘rsatish maqsadida 
atrof-muhitga nisbatan yolg‘on yoki chalkashtiruvchi do‘stona 
munosabat) va maxfiylik kabi marketingga oid aloqalardagi axloqiy 
masalalarga doir o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashish uchun kichik 
guruhlarda ish olib borishlarini so‘rang.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling