3-BOB. RAQAMLI LOGISTIKADA TRANSPORT
MASALALARI
3.1. Transport logistikasi
Transport logistikasida yuk tushunchasi. Yuk tashish
obyektlariga kon qazilmalari va mahsulotga qayta ishlov berish
sanoatlari, qurilish va savdo tashkilotlari, boshqa har xil ishlab chiqarish
hamda uy joy ro‘zg‘orlari kiradi. Yuk deyilganda tashish uchun qabul
qilingandan to uni egasiga topshirilgungacha bo‘lgan buyumlar
tushuniladi. Yuklar ayni buyum (tovar) va taralardan iborat bo‘lishi
mumkin. Tashilgan yuklarning o‘lchami faqatgina tonna o‘lchamida
bo‘ladi. Boshqa o‘lchamlar-litr, dona, kub metr kabilar-tonna o‘lchamiga
o‘tkazilishi shart. Ko‘pchilik yuklar tarasiz tashiladi va ularni tarasiz
tashish deyiladi.
Yuk (tovar)ning sof og‘irligi netto, tara bilan birgalikdagi og‘irligi
brutto, taraning o‘z og‘irligi - tara og‘irligi tushunchalari bilan yuritiladi.
Tashishni tashkil etishda yuklar tonnalarda o‘lchanuvchi brutto
og‘irligi bilan hisoblab boriladi.
Ko‘pchilik yuklar atrof muhit ta‘siriga moyildirlar. Ba‘zi yuklar
havoning namligi ta‘sirida korroziya (zanglash)ga moyildirlar;
boshqalariga - tez buzuluvchi oziq-ovqat buyumlariga yuqori darajali
harorat, sabzavot va ho‘l meva hamda boshqa ba‘zi bir yuklarga esa
sovuq havo ta‘sir etadi.
Turlariga ko‘ra: sanoat, qishloq xo‘jalik, qurilish, savdo va
kommunal xo‘jalik yuklari bo‘lishlari mumkin
Ortish-tushirish ishlariga ko‘ra yuklar: donali, uyib tashiluvchi va
quyuluvchi yuklarga bo‘linadilar. Tarali yuklarni odatda donali yuklarga
kiritiladi. Uyib tashiluvchi yuklarga sochiluvchan va ortishda uyilib
tashilishi mumkin bo‘lgan mayda-donali yuklar (qum, shag‘al, tosh
ko‘mir, o‘tin va h.k.) kiradi. Sochiluvchan yuklarga don va shunga
o‘xshash mahsulotlar kiradi. Donali yuklarni tashishda ular joy miqdori
bilan hisoblab boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |