Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Logistik tizimlarning funksional farqlanishida ishlab chiqarish


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Logistik tizimlarning funksional farqlanishida ishlab chiqarish 
logistikasining o‘rni. Ishlab chiqarish logistikaning asosiy sohalaridan 
biri hisoblanib, korxona faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Moddiy 
resurslar omboridan tayyor mahsulotlar omborigacha yo‘nalishdagi 
moddiy va axborot oqimlarini boshqarish ishlab chiqarish logistikasi deb 
ataladi. 
Logistik tizimlarning funksional farqlanishi berilgan quyidagi 
rasmda ishlab chiqarish logistikasining o‘rni yaqqol namoyon bo‘ladi: 
Logistikani funksional jihatdan bo‘laklarga bo‘lib o‘rganish 
muhim ahamiyatga ega, chunki korxonada logistika xizmatini 
shakllantirishda funksional taqsimot qo‘l keladi. Logistikaning 
funksional kichik tizimlarga bo‘linishi korxonadagi ta‘minot, ishlab 
chiqarish va sotish (taqsimot) tizimlari mavjudligi uchun ham zarurdir. 
Logistikani funksional jihatdan kichik tizimlarga bo‘lish “xarid 
(ta‘minot) loistikasi”, “ishlab chiqarish logistikasi”, “taqsimot 
logistikasi”, “transport logistikasi” va “omborxona (zaxiralar) 
logistikasi” kabi tushunchalarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. 
Logistikani turlarga bo‘lishning boshqa me‘zonlari ham mavjud. 
Masalan, resurs logistikasining moddiy (transport-ombor), axborot, 
moliyaviy va kadrlar logistikasi kabi turlari bor. Logistikani tadbirkorlik 
sohasiga tadbiq etish asosida biznes-logistika haqida gapirish mumkin
bunda uning tarkibiy qismlari sifatida ishlab chiqarish logistikasi, tijorat 
(savdo) logistikasi va moliya logistikasini ajratishadi. 
Ammo biz ushbu fan doirasida logistikaning funksional 
vazifalaridan kelib chiqib ajratiluvchi ko‘rinishlarini o‘rganmoqdamiz, 
bular: 
– 
xarid logistikasi (ishlab chiqarishni materiallar bilan ta‘minlash); 
– 
ishlab chiqarish logistikasi; 
– 
taqsimot logistikasi; 


69 
-transport-logistikasi-(mohiyatiga-ko‘ra-yuqorida-sanab-o‘tilgan-
har-bir logistikaning tarkibiy qismi hisoblanadi); 
-omborxona(zaxira) logistikasi. 
Logistikaning sanab o‘tiladigan turlarida ajralmas qism sifatida 
logistik axborot oqimlar mavjud bo‘ladi. 


70 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling