Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat
Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf
Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish.
a) taksi avtomobillarda pasajirlarni tashish; Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish avtobuslar bilan tashishga nisbatan foydalanilayotgan transport vositalari va tashish ishlarni tashkil etish tamoyillarga ko‘ra tubdan farqlanadi. Yengil avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish asosan quyidagilarga bo‘linadi: maxsus taksi avtomombillarda yo‘lovchilarni tashish; xizmat yuzasidan 65 yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish. Keyingi tashishlar qatoriga aholi buyurtmasiga binoan tantanalarga xizmat etuvchi yengil avtomobillar ishlari ham kiradi. Bundan tashqari aholining shaxsiy mulklari bo‘lgan yengil avtomobillarda tashishlar ham bor. Yengil avtomobillarda yo‘lovchilar tashish ishlarining aksariyati yengil taksi va shaxsiy mulk egalari avtomobillari zimmasidadir. Taksi yengil avtomobillarda shahardagi yo‘lovchilarni eng qulay tashish turlariga kiradi. Ammo, taksi yengil avtomobillardagi yo‘lovchilarni tashish shahar marshrut transporti almashtirolmay, ularga qo‘shimcha transport turi bo‘lib, aksariyat hollarda vaqti ziq bo‘lgan yo‘lovchilarni tashishlarda, yo‘lovchining talabiga binoan u aytgan “eshikdan-eshikgacha” bo‘lgan tashishlarda, yukli yo‘lovchilar qatnovida, shahar yo‘lovchilar transportning boshqa turi bo‘lmagan hududlardagi tashishlarda yoki shahar yo‘lovchilar transporti ishlamaydigan tungi soatlardagi tashishlarda ishlovchi yo‘lovchilar transporti hisoblanadi. Ayrim hollarda yengil avtomombillardan shahar atrofi, qishloq joylardagi va shaharlararo yo‘lovchilar tashishda ham foydalaniladi. Yengil taksi avtomobillarni ishlatishlikda ulardan jadal foydalanish xarakterlidir. Sutka davomida bunday avtomobillar 13-14 soat ishda bo‘lib, o‘rtacha bosib o‘tish masofasi 200-250 km.ni tashkil etadi. Aksariyat hollarda yengil taksi avtomobillardan foydalanuvchi yo‘lovchilar yuk bilan qatnovchi yo‘lovchilardir. Shuning uchun ham taksidan foydalaniladigan avtomobillarga texnik jihatdan yuqori darajada ishonchli, dinamik sifati yuqori, yo‘lovchilarni o‘tirish va ular yuklarini joylashtirish qulay bo‘lishi talablari qo‘yiladi. Barcha yengil taksi avtomobillarida kira haqini o‘lchab boruvchi asbob- taksometr hamda chiroqli signal qurilmalari bo‘lishi lozim. Bunda ko‘k chiroqli signal taksi bo‘shligini, qizil chiroqli signal uning aksi, ya‘ni bandligini ko‘rsatadi. Taksometrning bir necha xil kira haqini hisoblovchilari bo‘lib, avtomobil harakatiga uzatmalar qutisi orqali ishlaydi, agar buyurtmachi talabiga binoan kutib turilsa yoki harakat tezligi 15 km/soatdan kichik bo‘lsa, asbob ichiga o‘rnatilgan soat mexanizm bilan avtomobildan 66 foydalanish haqi hisoblanib boriladi. Taksometr asbobi Davlat standarti talabiga binoan va avtomobil spidometri (harakat tezligi ko‘rsatuvchi asbob) kabi plombalanishi shart. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling