Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf
O‘qitish maqsadlariga erishish.
A - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning turli marketing kanallarini va ularning aloqaviy maqsadlarga xizmat qilishini tushunishlari muhim hisoblanadi. Siz o‘quvchilardan o‘zlarining marketingga oid aloqalar sohasidagi bilimlarini muhokama qilishlari va o‘z g‘oyalarini sinf bilan o‘rtoqlashishlari uchun kichik guruhlarda ishlashlarini so‘rashingiz mumkin. O‘quvchilarga turli tashkilotlar uchun marketingga oid aloqalar to‘g‘risidagi va ularning tashkilotga qanday ta’sir etishi mumkinligi to‘g‘risidagi bilimlarini o‘rtoqlashishni taklif etish orqali mavzuni ochib bering. Tarmoqda bir qator tashkilotlar uchun marketingga oid aloqalarni tasvirlab beradigan marketing aloqalarining ko‘plab misollari mavjud. Guruhli bahs-munozaralarni o‘tkazish uchun mavzuga oid tadqiqotlardan va ssenariylardan ham foydalanish mumkin. Muhokama qilish va o‘z shaxsiy misollarini qo‘shishlariga imkoniyat berish maqsadida sinfga samarali va samarasiz marketingga oid aloqalarning misollarini keltirish lozim. Marketingga oid aloqalarni muhokama qilish uchun mahalliy va milliy korxonalardan spikerlar taklif etilishi mumkin. O‘quvchilarga spikerlar kelguniga qadar marketingga oid aloqalar va ularning tashkilotga qanday foyda keltirishi mumkinligi haqida savollar tayyorlash topshirig‘i berilishi lozim. Bu o‘quvchilarning mazkur faoliyatdan maksimal natija olishlarini kafolatlashi kerak bo‘ladi. V va S o‘qitish maqsadlari uchun o‘quvchilarning tashkilot uchun marketingga oid aloqalarni ishlab chiqa olishlariga, shuningdek kanalga va mazkur aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni yarata olishlariga ishonch hosil qiling. O‘quvchilarni tashkilotlar uchun yaxshi 85 marketingga oid aloqalarning qadr-qimmatini mustaqil o‘rganishlariga va o‘z xulosalarini guruh bilan o‘rtoqlashishlariga undang. O‘quvchilarga o‘zlarining shaxsiy marketingga oid aloqalarini ishlab chiqishlaridan avval marketingga oid aloqalarni tadqiq qilish imkoniyatini beradigan keys-stadilar taqdim etilishi mumkin. D - o‘qitish maqsadi uchun o‘quvchilarning o‘z individual tanqidiy baholashlarini yakunlashlaridan avval tanqidiy baholanishni amaliyotda o‘taganlariga ishonch hosil qiling. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling