Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


 Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

4.2. Raqamli marketingda tadqiqotlar va ma’lumotlarni 
boshqarish tizimlari 
Raqamli marketingda tadqiqotlar deganda raqamli marketing 
kommunikatsiyalari va texnikalari tamoyllarini modul tizimida o‘rganish 
tariqasida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun o‘qishga doir qo‘llanma ishlab 
chiqish lozim bo‘ladi. U o‘z ichiga modulning maqsadini oladi.
Maqsad - o‘quvchilarda O‘zbekistonda respublika darajasida va 
butun dunyoda foydalaniladigan marketingga oid aloqa vositalari va 


83 
texnikalar to‘g‘risidagi bilim va tushunchalarni rivojlantirishdan iborat. 
O‘quvchilar eng muhim nazariyalarni va asoslarni o‘rganadilar hamda 
ularni real misollar bilan, jumladan, o‘zlari kundalik hayotlarida 
to‘qnash kelishlari mumkin bo‘lgan marketingga oid aloqalar bilan 
bog‘lashlari mumkin bo‘ladi. 
Siz o‘quvchilarni turli tashkilotlarning marketingga oid 
aloqalarini ko‘rib chiqishga va ularning o‘z aloqa maqsadlariga erishish 
uchun turli marketing kanallaridan qanday foydalanishlarini tushunishga 
undashingiz lozim bo‘ladi. Amaliyot nuqtai nazaridan o‘quvchilar o‘z 
tanlovlariga ko‘ra tashkilot uchun aloqaviy maqsadlarni ishlab chiqa 
olishlari, kanal va aloqaviy maqsadlarga mos keladigan kontentni ishlab 
chiqish hamda ishlab chiqarishni bilishlari lozim. Shuningdek, ular 
aloqaviy strategiyani, kanal tanlovini va ijodiy kontentni baholay 
olishlari kerak bo‘ladi. 
O‘quvchilarga modulni bilishlari va tushunishlarini namoyish 
etishlari uchun turli tashkilotlarni hamda ularning marketingga oid 
aloqalarini tadqiq qilish va muhokama qilishlari uchun ko‘plab 
imkoniyatlar taqdim etilishi zarur. 
Mazkur modulni yakunlash uchun o‘quvchilaringizga internet, 
jurnallar va kitoblarni o‘z ichiga oladigan bir qator tadqiqot 
materiallaridan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi lozim.
Siz 
mazkur 
modulda 
o‘qitishning 
turli 
usullaridan 
foydalanishingiz mumkin, masalan:
• muhokama – marketingga oid aloqalar, ularning turli 
tashkilotlarda qo‘llanilishi va ularning muhimligini sinfda va kichik 
guruhlarda muhokama qilish;
• mustaqil va guruhli taqdimotlar – marketingga oid aloqalarni va 
tashkilotning muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liqligini 
qamrab oladi;
• keys-stadilar va videokliplar – biznesdagi marketingga oid 
aloqalarni tasvirlaydi;
• marketingga oid aloqalarga taalluqli bo‘lgan OAV materiallari 
va jurnallardagi maqolalar;


84 
• internet – marketingga oid aloqalarga doir suhbatlar va 
videoroliklar.
Guruhlardagi mashq o‘qitishning maqbul shakli hisoblanadi
biroq siz har bir o‘quvchi baholash uchun yetarli darajadagi o‘zining 
shaxsiy dalillarini taqdim etayotganiga ishonch hosil qilishingiz lozim. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling