86
A - o‘qitish maqsadi: Marketingning turli yondashuvlari va
ularning kommunikatsiya maqsadlariga xizmatini o‘rganish
Siz o‘quvchilardan ular “marketingga oid aloqalar” atamasini
qanday tushunishlari haqida o‘ylab ko‘rishlarini so‘rashdan
boshlashingiz mumkin.
O‘quvchilardan navbatdagi “Marketingga
oid aloqalar va ularning
mijozlar hamda tashkilotga ta’siri” mavzusini muhokama qilishlarini
so‘rang. Marketingga oid aloqalar va ularning turli tashkilotlarda
qo‘llanilishi borasidagi muhokamani qo‘llab-quvvatlash
uchun
o‘quvchilarning misollaridan foydalaning.
Mijozlarning e’tiborlarini jalb etish, ularda o‘zaro bog‘liqlik, idrok
etish va sodiqlik hislarini shakllantirish uchun brendlarni targ‘ib
qilish
va rivojlantirishdagi marketingga oid aloqalarning tutgan o‘rni haqida
guruhda muhokama o‘tkazing.
O‘quvchilardan bolalar uchun reklama va “pester power” (bolaning
ota-onasidan biror nimani sotib olib berishlarini so‘ray olish qobiliyati),
sotuvlar chog‘ida bosim o‘tkazish usullari, “greenwash” (halokatli
faoliyatni
yashirish, sir saqlash yoki kamaytirib ko‘rsatish maqsadida
atrof-muhitga nisbatan yolg‘on yoki chalkashtiruvchi do‘stona
munosabat) va maxfiylik kabi marketingga oid aloqalardagi axloqiy
masalalarga doir o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashish
uchun kichik
guruhlarda ish olib borishlarini so‘rang.
Do'stlaringiz bilan baham: