Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


-BOB. ZAMONAVIY RAQAMLI LOGISTIKA ASOSLARI


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

1-BOB. ZAMONAVIY RAQAMLI LOGISTIKA ASOSLARI 
1.1. Elektron tijoratda raqamli logistikaning o‘rni va 
ahamiyati 
Logistika murakkab ishlab chiqarish-sotish komplekslarini 
o‘rganadi. U ta’minotlar majmuasi, asosiy ishlab chiqarish, transport va 
sotuv sohalarida tashkiliy-iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradi.
Bu komplekslarning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
• asosiy vositalar va ishchi guruhlarning katta maydonga
tarqalganligi; 
• texnik vositalar asosiy qismining yuqori fond sig‘imi;
• logistik 
tizim 
elementlari 
ba’zilarining 
mobilligi 
va
boshqalarining ma’lum jug‘rofik mintaqaga qattiq bog‘liqligi; 
• katta miqtordagi aralash tizimostilar (yuk jo‘natuvchilar, yuk
qabul qiluvchilar, resurslarni yetkazib beruvchilar va h.k.) ishining 
natijasiga bog‘liq.
Ko‘rib chiqilgan xususiyatlar logistik tizimda moddiy va axborot 
oqimlarining o‘tishiga va hajmiga ta’sir qiladi hamda material 
o‘tkazuvchi zanjirining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida yuzaga keladigan 
tashkiliy va iqtisodiy munosabatlar tabiatini aniqlaydi.
Fan sifatida logistikaning predmeti bo‘lib tovar harakati sohasida 
xarid, ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bosqichlaridagi tashkiliy-
iqtisodiy munosabatlar xizmat qiladi.
Logistika fan sifatida logistik tizimlarni tashkil etishning umumiy 
xususiyatlarini, qonun va qonuniyatlarini o‘rganadi. Logistikaning fan 
sifatida tuzilmasi bo‘lib tovar harakati jarayoniga tegishli bo‘lgan 
qonuniyatlar va aloqalarni o‘rnatish hisoblanadi. Bu moddiy va axborot 
oqimlarini boshqarishning samarali shakl va uslublarini amaliyotda 
aniqlash va qollash maqsadida amalga oshiriladi. Logistika fanining 
umumiy uslubi bo‘lib tadqiqotning dialektik uslubi hisoblanadi. Aniq 
masalalar yechimini topish uchun fanda tizimli yondashuv, amallarni 
tadqiqot qilish uslublari va tizimlar nazariyasidan foydalaniladi. 




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling