Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Logisilk zanjlr
Logistik kanal (taqsimot kanali) — qisman tartibga solingan
ko‘pchilik turli xil o‘rtada turuvchilar orqali moddiy oqimni aniq ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazadi. Ko‘pchilik o‘rtada turuvchilar ma’lum bir paytgacha qisman tartibga solingan bo‘ladi, toki moddiy ishtirokchilar tanlangunicha. Bundan keyin logistik kanal logistik zanjirga aylanadi. Logisilk zanjlr - bu chiziqli tartibga solingan logistik jarayonda ishtirokchilar ko‘pchilik bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir logistik tizimdan ikkinchisiga yetkazish bo‘yicha amallar bajaradilar. Logistik zanjirni yana logistik bo‘ginlar yigindisi sifatida ta’riflash mumkin. Bu bo‘g‘inlar orqali moddiy oqim (asosiy oqimlarga ajratilib: material, xomashyo va yarimmahsulotlar yetkazib berish; mahsulot va xomashyoni saqlash; taqsimot) harakatlanadi. Logistik tizimning har xil operatsiya va element darajalarini tahlil qilish asosida u makrologistika, mezologistika va mikrologistikaga ajratiladi. Logistik zanjirning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: • material yetkazib beruvchilar; • omborxonalar; • transport; 13 • taqsimot markazlari; • mahsulot ishlab chiqaruvchilar; • mahsulot iste’molchilari. Logistik tizim. Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalarni amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan oddiy tizimdan iborat. U, asosan, bir nechta tizimostilardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan rivojlangan aloqalarga ega bo‘ladi. Logistik tizimlar mikro, mezo va makrologistik tizimlarga bo‘linadi. Makrologistik tizim- bu mamlakatning har xil mintaqalarida yoki har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashkilotlarini, turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va transport tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlarni boshqarish tizimidir. Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki mamlakatlar guruhi iqtisodiyotining infratuzilmasini tashkil etadi. Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turga ajratish mumkin. Bularga: - to‘g‘ri alogali moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish to ‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi; - eshelonlashtirilgan - bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgunigacha kamida bitta vositachi korxonadan o‘tadi. - egiluvchan - bunday hollarda moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish ham to‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxonalar orqali amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash: kam talab etiladigan qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy omborxonadan qabul qiluvchiga borib tushiriladi, standart qismlar esa vositachi korxonalar omboridan tushuriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling