Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Logistik kanal (taqsimot kanali) qisman tartibga solingan 
ko‘pchilik turli xil o‘rtada turuvchilar orqali moddiy oqimni aniq ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazadi. 
Ko‘pchilik o‘rtada turuvchilar ma’lum bir paytgacha qisman 
tartibga solingan bo‘ladi, toki moddiy ishtirokchilar tanlangunicha. 
Bundan keyin logistik kanal logistik zanjirga aylanadi. 
Logisilk zanjlr - bu chiziqli tartibga solingan logistik jarayonda 
ishtirokchilar ko‘pchilik bo‘lib, ular tashqi moddiy oqimni bir logistik 
tizimdan ikkinchisiga yetkazish bo‘yicha amallar bajaradilar. 
Logistik zanjirni yana logistik bo‘ginlar yigindisi sifatida 
ta’riflash mumkin. Bu bo‘g‘inlar orqali moddiy oqim (asosiy oqimlarga 
ajratilib: material, xomashyo va yarimmahsulotlar yetkazib berish
mahsulot va xomashyoni saqlash; taqsimot) harakatlanadi. Logistik 
tizimning har xil operatsiya va element darajalarini tahlil qilish asosida u 
makrologistika, mezologistika va mikrologistikaga ajratiladi. 
Logistik zanjirning asosiy bo‘g‘inlari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: 
• material yetkazib beruvchilar;
• omborxonalar;
• transport;


13 
• taqsimot markazlari; 
• mahsulot ishlab chiqaruvchilar; 
• mahsulot iste’molchilari. 
Logistik tizim. Logistik tizim u yoki bu logistik funksiyalarni 
amalga oshiruvchi, teskari aloqaga ega bo‘lgan oddiy tizimdan iborat. U, 
asosan, bir nechta tizimostilardan tashkil topadi va tashqi muhit bilan 
rivojlangan aloqalarga ega bo‘ladi. 
Logistik tizimlar mikro, mezo va makrologistik tizimlarga 
bo‘linadi. 
Makrologistik tizimbu mamlakatning har xil mintaqalarida yoki 
har xil mamlakatlarda joylashgan sanoat korxonalari va tashkilotlarini
turli xil sohalarda ish yurituvchi vositachi, savdo va transport 
tashkilotlarini qamrab oluvchi moddiy oqimlarni boshqarish tizimidir. 
Makrologistik tizim mintaqa, mamlakat yoki mamlakatlar guruhi 
iqtisodiyotining infratuzilmasini tashkil etadi. 
Makrologistika darajasida logistik tizimlarning uchta turga 
ajratish mumkin. Bularga: 
to‘g‘ri alogali moddiy oqimni iste’molchigacha yetkazib berish 
to ‘g‘ri xo‘jalik aloqalari asosida amalga oshiriladi; 
- eshelonlashtirilgan - bunday tizimlarda moddiy oqim ishlab 
chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borgunigacha kamida bitta vositachi 
korxonadan o‘tadi. 
egiluvchan - bunday hollarda moddiy oqimni iste’molchigacha 
yetkazib berish ham to‘g‘ri aloqalar, ham vositachi korxonalar orqali 
amalga oshiriladi. Masalan, ehtiyot qismlari bilan ta’minlash: kam talab 
etiladigan qismlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy omborxonadan qabul 
qiluvchiga borib tushiriladi, standart qismlar esa vositachi korxonalar 
omboridan tushuriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling