Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Raqamli logistikaning funksiyalari va tamoyillari


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

1.3. Raqamli logistikaning funksiyalari va tamoyillari 
Logistikaning funksiyalari. Logistika materiallar harakatining har 
bir bosqichida moddiy oqimlarning ishlashini ta’minlash va tashkil 
etishni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi kunda logistikaning uchta funksiyasi ajratiladi: 
• Integratsiyalashuvchi - tovar harakati jarayonini bir butun
jarayon sifatida tashkil etadi; 
• Tashkillashtiruvchi - tovar harakati qatnashchilarini o‘zaro
kelishilganligini ta’minlaydi; 
• Boshqaruvchi - material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini
belgilangan chegarada ushlab turadi. 
Integratsiyalashuvchi funksiya. Tovarlarni yetkazib beruvchidan 
iste’molchigacha bolgan harakati davomida moddiy oqim materiallarni 
sotib olish, mahsulotni ishlab chiqarish va taqsimlash (sotish) 
bosqichlaridan o‘tadi. Tovar harakatining har bir bosqichi o‘ziga xos 


23 
xususiyatlar bilan xarakterlanadi va faqat unga tegishli bo‘lgan 
masalalarni yechadi. Lekin ularning birontasi ham tovar harakati 
jarayonidan tashqarida mustaqil ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bu 
jarayonda muhim o‘rinni sotish egallaydi, u ishlab chiqarishning 
tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlarini, materiallar xaridining hajmini va 
nomenklaturasini hamda bu bosqichlarning bir-biriga munosabatlarini 
asoslab beradi. 
Shu bilan birga tovar harakatining har bir bosqichi o‘z 
o‘rnida ham ishlab chiqarish jarayoniga, ham umuman tovar harakati 
m’eyorida o‘tishiga ta’sir o‘tkazadi. Masalan, savdo bozorining 
kengayishi ishlab chiqarish va xarid qilish hajmining o‘sishiga olib 
keladi. 
Materiallar 
yetkazib 
berilishining 
vaqtinchalik 
to‘xtashi 
yoki ularga qo‘yilgan taklifning keskin oshib ketishi, materiallarni katta 
miqdorda 
va 
arzonroq 
narxda 
sotib 
olish 
hisobiga 
zaxiralar miqdorining ortib ketishiga olib keladi. 
Logistika 
xarid 
qilish, 
ishlab 
chiqarish 
va 
sotish 
bosqichlarini bitta umumiy jarayonga birlashtiradi.
Logistika orqali materiallar oqimini boshqarish bir butun
integratsiyalashgan tizim sifatida amalga oshiriladi, u xomashyo 
HYPERLINK “http://hozir.org/tabiiy-resurslar-va-ulardan-foydalanish-
reja.html” manbalarini qayta ishlashning bir nechta bosqichlarini va 
tayyor mahsulotni sotishni qamrab oladi. Tizim ostining alohida, local 
mahsulotlarni ishlab chiqarish tashkilotining global maqsadlariga o‘lish 
amalga oshiriladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling