24
ta’sirini ta’minlash va tovar harakati qatnashchilari harakatlarini
moslashtirish orqali amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi funksiya. Ko‘rib chiqilayotgan jarayonning
hamma qismlarini bir-biriga moslashtirish va ratsional o‘zaro harakatiga
erishish uchun ularni boshqarish zarur.
Logistik boshqaruv hamma
turdagi resurslarning iqtisodiga, tovar harakati bosqichlarida jonli va
buyumlashtirilgan mehnatga ketadigan
xarajatlarni kamaytirishga
qaratilgan. Keng ma’noda logistikaning materiallar harakati jarayoniga
boshqaruv ta’siri material o‘tkazuvchi tizim parametrlarini berilgan
chegarada saqlashdan iborat.
Shunday
qilish,
logistika
tovar
harakati
jarayonining
shakllanishini, logistik jarayonning alohida bosqichlar va qatnashchilari
o‘rtasida zarur xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish yo‘li
bilan uning samarali
ishlashini va materiallar oqimi harakatining boshqaruvini ta’minlab
beradi.
Logistika asosining tasnifi. Logistikaning asosiy maqsadi - ishlab
chiqarilgan mahsulotni vaqtida va zarur miqdorda belgilangan joyga eng
kam xarajatlar bilan yetkazib borishdir.
Logistik funksiyalar va maqsadlarning yig‘indisini logistikaning
asosi tasniflaydi deyiladi. Logistikaning
asosi integratsiyalashuvdan,
tovar harakati jarayonining qatnashchilari va bosqichlarining o‘zaro
hamjihatligini ta’minlashdan, zarur mahsulotlarni belgilangan joyga,
so‘ralgan vaqtda eng kam xarajatlar bilan yetkazib berish maqsadida
moddiy oqimni, unga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar
asosida
boshqarishdan iborat.
Logistik tizimda bo‘lib o‘tayotgan va tashqi muhit bilan o‘zaro
ta’sirini tasnivlovchi jarayonlar logistikaning tuzilishini amaliy faoliyat
turi sifatida ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: