Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/54
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1144489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54
Bog'liq
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf

Mezologistika - tarmoqning bir necha korxonasini bir tizimga 
integratsiya qilish sohasi. 
Mikrologistik tizimlar makrologistik tizimlarning strukturaviy 
tashkil etuvchilari, ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlarning 
sinflaridir, ularning tarkibiga bir butun infratuzilma bilan birlashtirilgan 


14 
ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab chiqarish va 
savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqaruvchi komplekslar). 
Mikrologistika - lokal masalalarni alohida bo‘g‘in va logistika 
elementlari darajasida, moddiy va axborot oqimlarini ichki ishlab 
chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga oshiriladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda raqamli logistika nima 
degan savolga javob berishimiz lozim. Buning uchun raqamli logistika 
tushunchasini bilib olishimiz kerak bo‘ladi.
Raqamli logistikaning asosiy tuchunchasi. Zamonaviy axborot 
kommunikatsion 
va 
internet 
texnologiyalarining 
rivojlanish 
raqamlashtirish jarayonlariga olib keldi. Hozirgi kunda raqamli 
iqtisodiyot rivojlanish tendensiyalari yangi texnologiyalarni joriy etishni 
talab etadi. Raqamli iqtisodiyot shakllanmoqda va uning yordamida 
yangi institutsional o‘lchamda yashaydigan raqamli logistika yangi 
qoidalar va qonunlarga muvofiq rivojlanmoqda. Logistika xalqaro 
virtual bozorning bir qismiga aylanib, raqobat maydonini 
kengaytirmoqda. Nafaqat bozor subyektlari, balki davlatlar ham 
raqobatlashadi. Iqtisodiy bilimlar raqobat quroli bo‘lib raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik qo‘llanmasiga aylanmoqda. 
Har bir fan o‘z bilim mavzusiga egadir. Logistika fanini ham
nazariyasi va amaliy iqtisodiy faoliyatning muayyan turini farqlash 
kerak. 
Logistika - bu iqtisodiy materiyaning oqimini tashkil etish 
qonunlari va tamoyillarini o‘rganadigan fan. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling