Tosnkent moliya instituti u. K. Yakubov, yo. S. Ilxamova, M. I. Azizova elektron tijorat
Download 1.67 Mb. Pdf ko'rish
|
httpel.tfi.uzimagesElektron tijorat 2 qism.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy logistika
- Matematik logistika
Logistik faoliyat - bu integral ta’minot tizimida ishbilarmon
sheriklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etish, bunda iqtisodiy oqimni optimallashtirish jarayoni vaqtincha va fazoviy omillarni to‘liq hisobga olinishini ta’minlaydi, bu esa bozorda korxonaning strategik va amaliy maqsadlariga erishishga yordam beradi. Logistika ilmiy fikr va logistika yo‘nalishi sifatida o‘ziga xos faoliyat sifatida uch turning birlashmasini tashkil etadi: iqtisodiy logistika, harbiy logistika va matematik logistika. Ular bilim doirasi va sohalarida farq qiladi va ayni paytda bir-birini to‘ldirishi va boyitishi mumkin. 15 Iqtisodiy logistika iqtisodiy tizimlarda iqtisodiy oqimlarning harakatini tashkil etish shakllarini o‘rganadi. Harbiy logistika tinchlik davrida qo‘shinlarning moddiy texnik ta’minotini tashkil etilishi va uni boshqarishni o‘rganadi. Matematik logistika matematika qonunlarini va algoritmlarni o‘rganadi. U logistika obyektlarini qurishda matematik modellarda qo‘llaniladi. Yuqorida aytganimizdek iqtisodiy ko‘rsatkichlar tashkilot va xarakatlar turlarida ifodalanadi. Logistikaning asosiy ko‘rsatkichi oqimlar bo‘lganidan keyin, raqamli logistikada yangi oqim turlari kirib keladi va bu oqimlar raqamli oqimlar deb nomlanadi. Avvaliga biz hali tuzilmagan va shartli bo‘lgan ba’zi yangi tushunchalar uchun kichik tushuntirishlarni kiritamiz. Bular raqamli texnologiya, Big Data, blokcheyn texnologiyalari va h.k. Raqamli texnologiyalar, analoglardan farqli o‘laroq, diskret (uzluksiz) signallar bilan ishlaydi. Salmoqli ma’lumot atamasi orqali tom ma’noda har qanday axborot tashuvchida saqlanayotgan katta miqdordagi ma’lumotlar tushuniladi. Bundan tashqari, bu miqdor juda katta bo‘lib, uni odatiy dasturiy yoki apparat ta’minotlari yordamida qayta ishlash mumkin emas, ayrim hollarda esa umuman imkonsiz. “Big Data” — bu faqat ma’lumotlarning o‘zi emas, balki ularni qayta ishlash va foydalanish texnologiyasi, juda katta oqim ichidan kerakli axborotni izlash uslubidir. Salmoqli ma’lumot tushunchasi katta o‘lchamdagi ishlarni bajara oladigan operatorlarga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun hozirda “Google” kompaniyasi bir kunda bir petabaytdan ortiq ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Ushbu ko‘rsatkich AQSh Kongresi kutubxonasidagi materiallardan 100 barobar ko‘proq degani. Blockchain - bu tizim ishtirokchilari vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini beruvchi texnologiya. Masalan, blockchainda pul ko‘chirmalari haqidagi yozuvlarni saqlash mumkin. Kriptovalyutalarda aynan blockchaindan kim, kimga va qancha virtual pul o‘tkazganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun 16 foydalaniladi. Biroq blockchainda boshqa aktivlarni ham saqlash mumkin. Umuman olganda, nimani qog‘ozda yozishning imkoni bo‘lsa, o‘sha narsalarning barchasini blockchainda ham yozish mumkin bo‘ladi, faqat birgina farq bilan – blockchainda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning imkoni yo‘q. Raqamli iqtisodiyotning xususiyati shundaki, unda ma’lumotlar raqamli shaklda ishlab chiqarishda muhim omil bo‘lib, logistika jarayonlarining shakllanishiga ta’sir qiladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling