14
ishlab chiqarishning texnologik bog‘lovchilari kiradi (ishlab chiqarish va
savdo korxonalari, territorial (hududiy) ishlab chiqaruvchi komplekslar).
Mikrologistika - lokal masalalarni alohida bo‘g‘in va logistika
elementlari darajasida, moddiy va axborot
oqimlarini ichki ishlab
chiqarish darajasida hal etadi. Bu korxona ichida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda raqamli logistika nima
degan savolga javob berishimiz lozim. Buning uchun raqamli logistika
tushunchasini bilib olishimiz kerak bo‘ladi.
Raqamli logistikaning asosiy tuchunchasi. Zamonaviy
axborot
kommunikatsion
va
internet
texnologiyalarining
rivojlanish
raqamlashtirish jarayonlariga olib keldi. Hozirgi kunda
raqamli
iqtisodiyot rivojlanish tendensiyalari yangi texnologiyalarni joriy etishni
talab etadi. Raqamli iqtisodiyot shakllanmoqda va uning yordamida
yangi institutsional o‘lchamda yashaydigan
raqamli logistika yangi
qoidalar va qonunlarga muvofiq rivojlanmoqda. Logistika xalqaro
virtual bozorning bir qismiga aylanib,
raqobat maydonini
kengaytirmoqda. Nafaqat bozor subyektlari, balki davlatlar ham
raqobatlashadi. Iqtisodiy bilimlar raqobat quroli bo‘lib raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik qo‘llanmasiga aylanmoqda.
Har bir fan o‘z bilim mavzusiga egadir. Logistika fanini ham
nazariyasi va amaliy iqtisodiy faoliyatning muayyan turini farqlash
kerak.
Logistika - bu iqtisodiy materiyaning
oqimini tashkil etish
qonunlari va tamoyillarini o‘rganadigan fan.
Do'stlaringiz bilan baham: