Tovar ayriboshlashning mohiyati. Reja: Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash
Download 29.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqДокумент Microsoft Word (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash.
Tovar ayriboshlashning mohiyati. Reja: 1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. 2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va elementlari. 3. Bozorning turlari. 4. Bozor sub’ektlari. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. Insoniyat taraqqiyotini negizini ijtimoiy mehnat taqsimoti belgilaydi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti insonning yashash ehtiyojidan kelib chiqadi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarish bilan bir qatorda tovar ayriboshlash vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish insoniyatni taraqqiyot tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Tovar ayriboshlashni ob’ekti ishlab chiqarish uchun va insonlar ehtiyojini qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boylik bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish moddiy va iqtisodiy mazmunga asoslanganligi sababli tovar almashuvi jarayoni 2 xil shartga javob berishi shart: birinchidan, insonni qandaydir ehtiyojini qondira bilishi (sifat nuqtai nazaridan shaklan va mazmunan har xil bo‘lishi mumkin); ikkinchidan, almashuv ob’ekti boshqa ob’ektga ekvivalent bo‘lishi, ya’ni iqtisodiy nuqtai nazardan, teng bo‘lishi kerak. Mana shu xususiyatlar natijasida xo‘jalik mahsulotlari bir – biri bilan solishtiriladi. Ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi. Ular kerakligi (zarurligi) natijasida boshqa mahsulotlar bilan ayriboshlanadi, ularni solishtirish imkoniyati vujudga keladi, «T-T» shaklida. Іar qanday mahsulot insonga zarur bo‘lganligi sababli ishlab chiqariladi. Iste’mol kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli boshqa mahsulot bilan almashtirilishi mumkin bo‘ladi. Ushbulardan kelib chiqib, tovar – mehnat mahsuloti bo‘lib, o‘z ehtiyoji uchun emas, sotish uchun ishlab chiqarilgan, insoniyatni biron bir ehtiyojini qondiradigan mahsulotdir. U iste’mol qiymatiga va qiymatga ega bo‘ladi. Boshlang‘ich davrda oddiy tovar ayriboshlash (T-T) amalda ishlatilgan. Ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi natijasida faqat ayriboshlash, ya’ni sotish uchun ishlab chiqarish shakllanib, tovar ayriboshlash uchun umumiy bo‘lgan ekvivalent – pul vujudga kelgan. Pulni vujudga kelishi natijasida oddiy tovar ayriboshlash (T-T) tovar – pul muomalasiga (T- P -T) aylanadi va tovar – pul muomalasi vujudga kelgan. Tovar – pul muomalasi, bu ishlab chiqaruvchilar orasidagi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatdir. Taraqqiyot natijasida ayriboshlash doimiy ijtimoiy jarayonga aylangan (T –P – T; P – T – P…). Oddiy tovar ayriboshlashda (T-T) oldi – sotdi jarayoni ajralmas bo‘lgan, keyinchalik pul vujudga kelishi bilan bu jarayon zamon va makonda ajraldi, ya’ni bu jarayon T – P; P –T; P –T – P; T – P – T; P –P kabilarga bo‘linadi. Tovar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish – iste’mol jarayonidan takror ishlab chiqarish jarayoniga aylanib, ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol fazalari vujudga kelgan. Shunday qilib, ayriboshlash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin Tovar ayriboshlashni rivojlanishining tarixiy evolyutsiyasi natijasida ayriboshlash jarayonida xo‘jalik aloqalari va ijtimoiy munosabatlarning murakkab majmui vujudga kelib, ularning elementlari harakat jarayonida o‘zlariga mansub maxsus funksiyalar bajara boshlaydi. Ayriboshlash - bu insonlar o‘rtasida ularning faoliyatlari bilan o‘zaro almashuvi yoki mehnat mahsulini o‘zaro almashuvi jarayonidir. Bu jarayon ishlab chiqarish va uning asosida shakllangan taqsimot bir tomondan va ikkinchi tomondan iste’mol o‘rtasida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamma narsa ayriboshlash bilan bog‘liq bo‘ladi. hamma narsa sotiladi va sotib olinadi. Ayriboshlash jarayonida ishlab chiqarilgan mahsulot va unga sarflangan harajatlar ijtimoiy tan olinadi, ishlab chiqarishni takrorlashga moddiy sharoit yaratiladi, insoniyat ehtiyoji qondiriladi, shaxsni rivoj topishiga shart – sharoit yaratiladi, ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga ko‘maklashadi, ya’ni imkon yaratadi, takror ishlab chiqarish jarayonini doimiy, dinamik jarayonda harakat qilishini ta’minlaydi va h.k.o. Ayriboshlash boshlang‘ich davrlarda hududiy bozorlar doirasida chegaralangan bo‘lsa, ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojlanishi va tovar – pul muomalasini kengayishi natijasida ayriboshlash hududiy chegaradan chiqib jahon bozorini vujudga keltirdi. Natijada ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar kengaymoqda, yer yuzida ro‘y berayotgan taraqqiyot amalga oshmoqda va h.k. Tovar – pul muomalasi va ayriboshlash negizida bozor vujudga kelgan. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va elementlari. Tovar ayriboshlash jarayoni bozorda amalga oshiriladi. Bozor esa o‘z vaqtida bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri hisoblanadi. Bozorda ikki xil kategoriyadagi sub’ekt uchrashadi, biri sotish niyatida bozorga taklif bilan chiqadi, ikkinchisi sotib olish niyatida bozorga talab bilan chiqadi. Bozorda sotib oluvchi (talab) va sotuvchi (taklif) o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat ro‘yobga chiqadi. Bozor deganda oddiy tilda oldi – sotdi jarayoni amalga oshiriladigan joy tushuniladi. «Bozor» desa bizlarni ko‘z oldimizga qaynab yotgan dehqon yoki chayqov bozori keladi. Lekin bu tarif haqiqiy bozorni to‘la anglatmaydi. Ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ilmiy asarlarda, o‘quv va ommabop adabiyotlarda bozor to‘g‘risida har xil tushunchalar mavjud. P. Samuelsonning «Ekonomika» asarida bozorni – «… bozorlar jamiyatni va savdo ishlab chiqarish faoliyatini bog‘lovchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi», deb ta’riflaydi1 . F. Kotler bozorni «Mavjud va potensial tovar sotib oluvchilar majmuasi», deb ta’riflaydi2 . K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xizmatni sotuvchi va sotib oluvchilarni qo‘shuvchi mexanizm deb atashadi3 . A.S. Usmanov bozorga shunday ta’rif beradi: «Bozor tushunchasi keng ma’noda – bu tovar ayriboshlash sohasi deb, tovar ayriboshlash bor ekan, bozor ham mavjud»4 deydi. N. Tuxliyevni fikricha, «Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig‘indisi, ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘indir1 » A. Soliyev va A. Usmonovlar bozorga quyidagicha ta’rif beradi: «bozor o‘ziga xos ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar jarayoni bo‘lib, unda tovarlar va xizmatlar ayriboshlanadi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar manfaatlari to‘qnashadi va bir – biri bilan kelishadi2 » «Eng yaxshisi bozorni haridorlar va sotuvchilarga narxlarni ayriboshlashga imkoniyat beradigan tizimdir, deb ta’riflasak bo‘ladi», deb E. Sariqov va E. Mamatovlar ta’kidlaydilar 3 . Bozorga berilgan bunday bir – biridan farqlanadigan tariflarni ko‘plab misolni keltirish mumkin. Bozorni ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta’riflarini bozorga ta’rif berish borasida chet el va respublikamiz olimlari o‘rtasida yagona fikrga kelmaganligini ta’kidlab o‘tish bilan maqsadimiz terminlarni, ta’riflarni to‘g‘ri aniqlashni ilmiy va amaliy ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib o‘tishdan iboratdir. Ilmiy jihatdan bir xil narsaga har xil tushunchalar, tariflar berish ko‘p hollarda noto‘g‘ri tasavvurga olib kelishi, natijada uni mohiyatini to‘g‘ri ochib berolmaslikka olib kelishi mumkin. Amaliy nuqtai nazardan bu hol mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tushunishni qiyinlashishiga, o‘quv adabiyotlarini yaratishda tushunmovchiliklarga olib kelishi ehtimoldan holi emas. Bizning fikrimizcha, bozor tushunchasini birinchidan, uni iqtisodiyotning xo‘jalik sub’ekti nuqtai nazardan va ikkinchidan nazariy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta’riflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bozor – bozor iqtisodiyotining xo‘jalik sub’ekti sifatida, haridor va sotuvchilar to‘qnash turuvchi va kelishtiruvchi xo‘jalik ob’ektidir (joy, korxona, firma, birja, savdo, xizmat shaxobchalari va h.k.o.) Nazariy va ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan bozor tushunchasiga almashuv jarayonida sodir bo‘ladigan, bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalaridan kelib chiqadigan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqish zarur. Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida tovar – pul muomalasiga bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni namoyon bo‘lishini taminlaydi. Bozorning mohiyati, barcha xo‘jalik sub’ektlari (bozor sub’ektlari – uy, oila xo‘jaligi, ishlab chiqarish, davlat), inson va jamiyatdagi ayriboshlash munosabatlarining majmuasini anglatadi. Єisqa qilib aytganda, bozor – bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalarga asoslangan ayriboshlash jarayonida haridor va sotuvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Bozorda–butun jamiyatdagi ko‘p qirrali iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol jarayonida vujudga keladigan, alohida prinsiplarga asoslangan munosabatlar namoyon bo‘ladi. Kengroq ma’noda bozor – bu bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalariga asoslangan ayriboshlash ya’ni, oldi – sotdi jarayonidagi iqtisodiy faoliyatning shakl va turlari bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi, tovar yetkazuvchilarni (taklif vakillari) bir tomondan va iste’molchilar, haridorlarni (talab vakillari) ikkinchi tomondan birga to‘qnashtirish va kelishtirish jarayonini ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotining sub’ektidir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, avval bozor iqtisodiyoti tushunchasi, uning qonunlari va qoidalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotidagi iqtisodiy tizimni bir modeli bo‘lib hisoblanadi. Masalan inson taraqqiyotida kuzatilgan iqtisodiy tizimlarga, natural xo‘jalik (ibtido jamiyati), feodal tizimi, harbiy tizim, ma’muriy tizim, (sotsializm), bozor iqtisodiyotiga asoslangan tizimlarni kiritish mumkin. Іar qanday iqtisodiy tizim o‘zida shunday mexanizmni namoyonlashtirdiki, unda tabiiy resurslar, ishchi kuchi, texnologiya, tadbirkorlik va boshqaruv mahoratlari mujassamlashgan bo‘lishi kerak. Iqtisodiy tizimni bosh maqsadi moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash orqali insoniyat ehtiyojlarini ko‘ra bilish va qondirish bo‘lib hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun insoniyat o‘z taraqqiyotida eng samarali iqtisodiy tizim modelini yaratishga intilib kelgan. Іozirgi kunda butun jahon tan olgan, eng samarali iqtisodiy tizim modeli – bu bozor iqtisodiyoti modeli hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti har xil davlatlarda ularning shart – sharoitlaridan kelib chiqib har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotini har xil modellari mavjud. Masalan: AЄSH, Yaponiya, Shvesiya, Tursiya, Rossiya, O‘zbekiston va h.k. Bozor iqtisodiyoti – bu tovar – pul muomalasi munosabatlariga va o‘zining qonun – qoidalariga asoslangan ijtimoiy – iqtisodiy tizim modelidir. Bozor iqtisodiyoti o‘ziga xos qonun va qoidalarga egadir. Bozor iqtisodiyotiga ta’luqli iqtisodiy qonunlar to‘g‘risidagi iqtisodchi olimning fikriga to‘xtalib o‘tamiz. Rossiya iqtisodchi olimlar jamoasi tomonidan, professor Rayzberk B.A. raxbarligida chop etilgan «Kurs ekonomiki» darsligida (M. «INFARM», 1997. 74 - 96 betlar) iqtisodiyotni qonuniyatlari (qonunlari) to‘g‘risida fikr yuritilib quyidagilar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar sifatida keltirgan. Ehtiyojni yuksalib borishi qonuni; resurslarni chegaralanganligi qoidasi; ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi va almashtirilgan harajatlarni ortib borish qonuni (bu yerda «almashtirilgan»degan so‘z «vmenennix» so‘zini tarjimasi sifatida muallif tomonidan ishlatilmoqda va bu yerda bir tovarni ishlab chiqarishni ikkinchisi bilan almashtirishga bog‘liq bo‘lgan harajatlar nazarda tutilmoqda); daromadlarni kamayib borish qonuni; doiradagi (chegarali) foydalilikni kamayib borishi qonuni; foydalilikni maksimallashtirish qoidasi (bu yerda «Foydalilik» mahsulot (tovar yoki xizmat) ni inson ehtiyojini qondira olish salohiyati (qobiliyati) nazarda tutiladi); talab qonuni; taklif qonuni; pul muomalasi qonuni; Engel qonuni – shaxsiy iste’mol tarkibini daromadga bog‘liqligi. A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar «Bozor iqtisodiyoti» lug‘at – ma’lumotnomada (Toshkent. qomuslar bosh tahririyati. 1991) bozor iqtisodiyoti qonunlariga talab va taklif qonuni va pul muomalasi qonunini kiritish bilan chegaralangan. A.O‘lmasov va A.Vahobovlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» Oliy o‘quv yurtlari uchun darsligi (Toshkent. «Sharq», 2006) qonunlarini umumiqtisodiy va ayrim iqtisodiy tizimlarga xos maxsus qonunlarga ajratilib, birinchisiga – mehnat taqsimoti, jamg‘arish, mehnat unumdorligini oshib borishi, ehtiyojlarning yuksalish qonunlari, ikkinchi tipiga – talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflik qonuni, raqobat qonunlari keltiriladi. Ikkinchi tipdagi qonunlar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar deb ta’kidlanadi. SH. Shodmonov, R. Alimov va T. Jo‘rayevlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida (Toshkent. «Moliya». 2002, 276.) Iqtisodiy qonunlarni 3 guruxga bo‘lib, ularga: Umumiy iqtisodiy qonunlar – vaqtni tejash qonuni; ehtiyojlarni tez o‘sib borish qonuni; takror ishlab chiqarish qonuni; ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar xususiyati va rivojlanish darajasiga mos kelishi qonuni va boshqalar: Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - talab qonuni; taklif qonuni; qiymat qonuni; Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunga - qo‘shimcha qiymat qonuni kiritilgan. Bu yerda biz iqtisodiy qonunlar to‘g‘risida munozara va mulohazalar qilmaymiz, bu bizning maqsadga kirmaydi. Bu qonunlar va ularni olimlar tomonidan talqinini ma’lumot uchun keltirmoqdamiz. Bizning fikrimizcha, bu masala allaqancha chigal va munozarali masala bo‘lib, iqtisodchi olimlar tomonidan chuqur o‘rganishni, tadqiqot qilishni talab qiladi. Endi bozor iqtisodiyotining qoidalariga to‘xtalib o‘tamiz. Bozor iqtisodiyotining qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: I. Biznesni, tadbirkorlik faoliyatini iqtisodiy, xo‘jalik erkinligi (shaxsni, oilani, sotsial guruxni). Bu erkinlik faoliyatni, hayotni barcha qirralariga tegishli bo‘lib ularga o‘z hohishi bilan ijtimoiy hayotga ishtirok etishini bildiradi. Bu qoida kishilarga bir tomondan mulkchilik, ikkinchi tomondan tadbirkorlikni konkret xayotda amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bozor iqtisodiyotida erkinlik deganini absalyut erkinlik deb tushunmaslik kerak. Erkinlik har qanday iqtisodiy tizimda eng avvalo qonunlar, qoidalar, iqtisodiy dastaklar orqali chegaralangan. Shu sababli bozor iqtisodiyotining ikkinchi qoidasi: II.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish. Lekin bozorni o‘zi emas bozor iqtisodiyoti, bozor munosabatlari tartibga solinib turiladi. Bozor erkinligi doimo iqtisodiy javobgarlik va tadbirkorlik, tavakkalchilik bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotini tartibga solish iqtisodiy dastaklar orqali ya’ni soliq, moliya, kredit, bank tizimi, yuridik qonunlar, bahoni chegaralash, monopoliyani chegaralash hisobotlar (buxgalteriya, statistika, tezkor) va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish balans iste’mol o‘rtasidagi munosabatda iste’mol primatini, uni yuqori turishini belgilaydi. hamma iste’molchini talabini qondirish uchun (ishlaydi) faoliyat ko‘rsatadi. Shu sababli uchinchi qoida: III. Iste’mol primati. Yuqoridagilar bilan bir qatorda bozor iqtisodiyotida quyidagi qoidalar ham amal qiladi: IV. Bozor sharoitida bahoni shakllanishi. V. Muomalani shartnoma (kontrakt) asosida bo‘lishi. VI. Moliya va pul muomalasi ta’siri ostida ishlash. VII. Iqtisodiyotni ochiqligi. Tadbirkorlik va tashqi aloqalarga ham tegishli, albatta chegaralangan holda. VIII. Raqobat. Bozor iqtisodiyoti raqobatsiz bo‘lmaydi. IX. Bozor munosabatlari iqtisodiyotning barcha qirralariga, butun regioniga tegishlidir. Bozor munosabatlari umumiydir. Yuqorida keltirilgan qoidalardan kelib chiqib bozor iqtisodiyotini to‘la va sifatli shakllanishi uchun zaruriy sharoitlar bo‘lishi kerak. Qanday sharoitlar? I. Mulk munosabatlarini rivojlanishini (ko‘p mulkchilikni shakllanishi), ularni teng huquqliligini ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarni nisbiy iqtisodiy mustaqilligiga erishishi, ular mulkiga ishlab chiqarish vositalariga mehnatining natijasida ega bo‘lishligini ta’minlashi zarur. II. Ma’muriy buyruqbozlikdan kechish, davlatning bozor sub’ektlari xo‘jalik faoliyatiga aralashmasligini ta’minlash. Ularning erkinligini ta’minlash. III. Iqtisodiyotning monopollashishiga yo‘l qo‘ymaslik. Tabiiy monopoliyalardan tashqari-transport, aloqa, elektro ta’minot, suv ta’minoti, gaz ta’minoti kabilar. IV. Bozor infrastrukturasini mavjud bo‘lishligi (chakana va ulgurji savdo shaxobchalari, ommaviy ovqatlanish korxonalari, tovar va xom-ashyo birjalari, valyuta va qimmatli qog‘ozlar birjasi, mehnat birjasi, tijorat banklari, axborot ta’minoti, yarmarkalar, auksionlar, bojxona, reklama, soliq inspeksiyalari kabilar). V. Bozor munosabatlarini, bozor mexanizmining huquqiy ta’minlanishi. Download 29.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling