5
KIRISH
Mavzusining dolzarbligi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvni
yanada
chuqurlashtirish
va
jahon
amaliyotidagi mavjud yutuqlarni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
jarayoniga joriy qilish, iqtisodiyot real sektori korxonalari
barqaror faoliyat
yuritishini ta’minlash, ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash vazifalari ustuvor
yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
Darhaqiqat,
Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek,
“…islohotlarning qay darajada samara berayotganini ko’rsatadigan
maqsadli
dasturlarni amalga oshirish natijadorligidir. Bular qatorida sanoat va boshqa
tarmoqlarni rivojlantirishning quyidagi iqtisodiy va moliyaviy ko’rsatkichlarini
keltirish mumkin: ishlab chiqarish quvvatlarining ahvoli, xarajatlarni va tannarxni
pasaytirish, mahalliylashtirish va rentabellik darajasini, mahsulot raqobatdoshligini
so’zsiz oshirish”
1
.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari o’zida mahsulotning tannarxini
kamaytirish imkoniyatlarini-moddiy boyliklardan unumli foydalanish, sarflar
me’yorini pasaytirish, tovar-moddiy zaxiralarini
talabga javob beradigan
darajadagi saqlash va qo’riqlash va boshqalar to’g’risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirishi lozim.
Yuqoridagilarga tayangan holda aytish joizki,
mazkur bitiruv malakaviy
ishiga tanlangan mavzu mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida eng dolzarb
mavzulardan biri hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishiningning predmeti.
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi,
auditi va ularning o’ziga xos xususiyatlarining huquqiy-me’yoriy
asoslari,
shuningdek, uning uslublarini amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlar doirasida
takomillashtirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: