Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona



TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR HISOBI
Reja:
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
13.2. Tovar-moddiy zaxiralarni turkumlash va baholash
13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
13.4. Materiallar kirimi va sarflanishini hisobga olish hamda
xujjatlashtirish
13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi.
13.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: ishlab chiqarish zahiralari, tovar-modiy
zahiralar harakatini hujjatlarda, tovar va xizmatlar, sotib olingan materiallarning
qaydarilishi, kirimi va chiqimini hisobga olish, chet korxonalar va ularning
xizmatlari, savdo ustamasi
13.1. Tovar-moddiy zaxiralar hisobini tashkil etish
Tovar-moddiy zaxiralar deb nomlangan milliy standart (4-son BHMS)da
quyidagi ta'rif keltiriladi: “tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida
normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida
mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni
amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar”.
Xalqaro standartlarda (2-son BHXS) tovar moddiy zaxiraga quyidagicha
yondoshiladi:
Tovar-moddiy zaxiralar bu quyidagi aktivlardir:
odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan ;
bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi
ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar”Xo‘jalik yurituvchi
subyektlar darajasida tovar-moddiy zaxiralar yirik miqdordagi moliyaviy resurslar
qo‘yilmasini talab etuvchi obyektlar jumlasiga kiradi va shuning uchun ular
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish yoki marketing siyosatini
belgilab beradigan muhim omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi odatda ularga etarli darajada e’tibor
berishmaydi va doimo mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan zaxiralar bo‘lgan ehtiyojga
baho berishmaydi. Buning natijasida, ular tovar-moddiy zaxiralarga ko‘zlangan
darajadan ortiqcha mablag‘lar sarflashlariga duch kelishadi.
Tovar-moddiy zaxiralari tannarxi yoki sof sotish qiymatidan qaysi biri
kamroq bo‘lsa, o‘sha bo‘yicha baholanishi lozim.
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga TMZlarni sotib olish, qayta ishlash va
ularni hozirgi paytdagi joylashishi hamda holatiga keltirish uchun amalga
oshirilgan boshqa jami xarajatlar kiritilishi lozim.
Sotib olish xarajatlari


Tovar-moddiy zaxiraning sotib olish xarajatlariga xarid narxi, import bojlari
va boshqa soliqlar (soliq idoralari tomonidan tadbirkorlik sub'ektiga keyinchalik
qaytariladiganlardan tashqari), tashish, ortish-tushirish hamda tayyor mahsulotlar,
materiallar va xizmatlarni sotib olish bilan bevosita bog‘liq boshqa jami xarajatlar
kiradi. Savdo chegirmalari, qoplab berishlar va shu kabilar sotib olish
xarajatlaridan chegirilib tashlanishi lozim.
2-sonli BHXSda tovar-moddiy zaxiralarga quyidagicha ta’rif berilgan:
1
Tovar-moddiy zaxiralar – bu quyidagi aktivlardir:
- odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun mo‘ljallangan;
- bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan;
- ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar ko‘rsatilishida foydalanilishi
ko‘zlangan xom ashyo va materiallar ko‘rinishidagi aktivlar.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling