Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


Har bir modda bo‘yicha usul -


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona

Har bir modda bo‘yicha usul - tovar-moddiy zaxiralarning har moddasi
(navi, markasi, turi va shu kabilar) tannarxi va sof sotish qiymati solishtiriladi
(taqqoslanadi) va ushbu ikki qiymatdan eng pasti har bir modda bo‘yicha
moliyaviy hisobotga kiritiladi.
Asosiy tovar guruhlari usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki
sof sotish qiymatidan eng pasti, TMZlarning har bir kategoriyasi yoxud guruhi
bo‘yicha umumiy summadan kelib chiqib aniqlanishi ko‘zda tutiladi.
Zaxiralar umumiy hajmi usuli - tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi yoki
sof sotish qiymatidan eng pasti zaxiralar tannarxining umumiy summasi va sof
sotish qiymatining umumiy summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
13.3. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar
ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlariga bog‘liq holda tovar-moddiy
zaxiralar hisobi uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri
bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
5
Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz (doimiy) hisobga olish.Tovar-moddiy
zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy
zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi
bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Natijada butun hisobot davri
mobaynida quyidagilar aniq bo‘ladi: ma’lum bir tovar-moddiy zaxiralarning
mavjudligi va sotilgan zaxiralarning tannarxi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning
tannarxi, sotishning borishiga qarab “Sotilgan mahsulot tannarxi” schyotida aks
ettiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish. Davriy hisobga olish tizimi
qo‘llanilganida yil davomida tovar-moddiy zaxiralarni batafsil hisobi yuritilmaydi.
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiya
natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni
inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas, chunki sotilgan
tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini hisob-kitob qilish quyidagi formula bilan
amalga oshiriladi:
5
Ortiqov A. va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlariga sharhlar tо‘plami.
T.: Norma. 2010. 252-b.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling