Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


 Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona

13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan
shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni
qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga -
qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va
materiallar.
Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga


berayotgan tashkilot;
Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul
qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib
beruvchi tashkilot.
Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish “Daval xom ashyosini qabul
qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi”
bilan rasmiylashtiriladi.
Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval
xom ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini
hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda
belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga
qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning
haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom
ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish
dalolatnomasi” va “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib
beriladi.
“Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada
tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi
nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi.
Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga
ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng
yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma tuzdi.
Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. “Amu
paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom ashyosining 2 000 000 so‘m
qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar
qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida
berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar
uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans
tariqasida amalga oshiriladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling