46-jadval
Materiallar to‘lovni kechiktirish sharti bilan sotib olinishini
aks ettirish
№ Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Summa,
ming so‘m
Debet
Kredit
1 Oldindan to‘lov (50 %) aks ettirildi
6000
4310
5110
2 Materiallar kirim qilindi
10000
1010
6010
3 Bo‘nakning hisobga olinishi aks ettirildi
6000
6010
4310
4 Hisobga qabul qilishga QQS aks ettirildi
2000
4410
6010
5 Molyetkazib beruvchiga qarz (50 %)
qaytarish aks ettirildi
6000
6010
5110
6 To‘lov kechiktirilishi bo‘yicha foizlar
hisoblandi va to‘landi
600
600
9610
6920
6920
5110
Misol. Korxona gazlamani QQSsiz narxidan 10% miqdoridagi chegirma
bilan xarid qiladi (chegirma shartnoma imzolangan kundan boshlab uch kun
davomida haq to‘lanishi sharti bilan beriladi). Chegirmalarni hisobga olgan holda
gazlama narxi 1080 ming so‘mni tashkil qiladi, shu jumladan QQS 180 ming so‘m.
47-jadval
Hisobda chegirma bilan xarid qilishni aks ettirish
№
Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Summa,
ming so‘m
Debet Kredit
1 Gazlamani sotib olish aks ettirildi
900
100
1010
1010
6010
9390
2 QQS hisobga olish uchun qabul qilindi
180
4410
6010
3 Molyetkazib beruvchiga to‘lov aks ettirildi
1080
6010
5110
Molyetkazib beruvchilardan olingan schyot va boshqa hisob-kitob hujjatlari,
eng avvalo, korxona buxgalteriyasiga topshiriladi, ular tekshiriladi, so‘ngra o‘z
vaqtida ro‘yxatga olinadi. Shundan so‘ng bu hujjatlar korxonaning ta’minot
bo‘limiga topshiriladi. Har bir schyot bo‘yicha uning to‘lanishi yoki to‘lanmasligi
aniqlanadi. Agar shartnoma shartlariga molyetkazib beruvchilar to‘la amal qilgan
bo‘lsa, schyotni to‘lashga rozilik beriladi. To‘lanishi lozim bo‘lgan schyot va
boshqa hisob-kitob hujjatlari materialni qabul qilish uchun omborga beriladi.
Materiallar korxonaga keltirilgunga qadar hamma hujjatlar maxsus papkada
saqlanadi. O‘z vaqtida yuborilmagan materiallar to‘g‘risida ombor mudiri
korxonaning ta’minot bo‘limiga tegishli chora ko‘rilishi uchun xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |