Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


-jadval Hisobdor shaxslardan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona

45-jadval
Hisobdor shaxslardan tovar-moddiy zaxiralarning kirim qilinishi

Xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni
Summa,
ming so‘m Debet Kredit
1 Hisobot berish sharti bilan pul mablag‘lari
berildi
300
4230 5010
2 Mahsulotlar kirim qilindi
300
1090 4230
3 Korxonaning hisobdor shaxsdan qarzi aks
ettirildi
20
1090 6970
4 Hisobdor
shaxsga
farq summasiga
pul
mablag‘lari berildi
20
6970 5010
Ta’kidlash lozimki, balansning 150-satri bo‘yicha materiallarni qayta
ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilar ham hisobga olinishi kerak. Ishlab
chiqarish jarayonida materiallarni qayta ishlashda paydo bo‘ladigan chiqindilarga
materiallarning ushbu turiga xos bo‘lgan sifatini (to‘laligi, shakli va boshq.) to‘liq
yoki qisman yo‘qotgan materiallarning qoldiqlari kiradi.
Korxona tomonidan mahsulotlarni tayyorlash, ishlar, xizmatlarni bajarish,
xo‘jalik ehtiyojtarida ishlatilishi yoki chetga sotilishi mumkin bo‘lgan materiallar
chiqindilari qaytariladigan chiqindilar deb ataladi.
Korxonaning ichida yoki chetga sotish uchun ishlatib bo‘lmaydigan
materiallar chiqindilari, shuningdek ko‘zga ko‘rinmaydigan chiqindilar (qirindi,
kuyindi va sh.k.) qaytarilmaydigan chiqindilar deb ataladi.
Qaytariladigan chiqindilar qiymati ishlab chiqarish xarajatlari summasini
kamaytiradi. Topshirish yukxatlari asosida ombordagi materiallar chiqindilariga
ularning qiymatini tegishli buyurtma bo‘yicha xarajatlardan hisobdan chiqarish
to‘g‘risida guruhlangan qaydnoma tuziladi.
To‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilinadigan
materiallarning qiymati to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash
summalarini hisobga olmagan holda shakllantiriladi. Materiallarning to‘lovni
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan
sotib olinayotgan materiallar bo‘yicha umumiy to‘lov summasi o‘rtasidagi farqni
to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri mobaynida joriy to‘lovning
kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy
summasidagi solishtirma og‘irligiga bog‘liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar
bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olish lozim.
Misol. Korxona 12000 ming so‘mga materiallarni xarid qiladi, shu jumladan
QQS 2000 ming so‘m. Shartnoma bilan 50 foiz oldindan to‘lov nazarda tutilgan,
to‘lovning qolgan summasi 3 oyga kechiktiriladi. To‘lovni kechiktirganlik uchun
korxona materiallar sotuvchisiga kechiktirilgan summaning 10 %i miqdorida haq
to‘lashi kerak.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling