Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


 Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona

13.5. Inventar va xo‘jalik jihozlari hisobining xususiyatlari
Materiallar ichida o‘ziga xos xusisiyatlarga ega bo‘lgan inventar va xo‘jalik
anjomlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Mol-mulk inventar va xo‘jalik
anjomlari tarkibiga kiritilishi uchun quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:
- xizmat muddati bir yildan oshmagan;
- xizmat muddatidan qat’i nazar bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston
Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining ellik
baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo‘lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida
ularni inventar va xo‘jalik anjomlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar
qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli.
Inventar va xo‘jalik anjomlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati
vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq
hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir


tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki
guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi,
bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar
bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar
ko‘rsatiladi.
Agar inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun
xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining
o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu
inventar va xo‘jalik anjomlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga
kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni
xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga
oshiriladi:
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga
mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
b) teng me’yorli tarzda.
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib
ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan
chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining
natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik anjomlari tannarxining
ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali ishlatishning butun
kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin
qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik
anjomlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik anjomlarini foydali
ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib
chiqqan holda amalga oshiriladi.
Inventar va xo‘jalik anjomlari qiymatining ularni foydalanishga berishda
hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning
foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo‘jalik anjomlari
tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- maxsus asbob-uskunalar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli
va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun
mo‘ljallangan, maqsadli asbob va moslamalar);
- maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal;
- ko‘rpa-to‘shaklar;
- yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar
va hokazolar);
- oshxona inventari, shuningdek dasturxon va sochiqlar;
- barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan
vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
- foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar;
- ovlash qurollari (to‘rlar, matraplar, trallar va hokazo).
Korxona ularning vazifasi va moliya-xo‘jalik faoliyatidagi o‘rniga bog‘liq
holda inventar, asboblar va xo‘jalik anjomlarini hisobga olish uchun


hisobvaraqlarni mustaqil ochish huquqiga ega. Topshirish paytida inventar va
xo‘jalik anjomlarining qiymati to‘laligicha ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga
kiritiladi.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga berish buxgalteriya hisobida
inventar va xo‘jalik jihozlarini xarid qilish va ishlab chiqarish bilan bog‘liq haqiqiy
xarajatlar summasi (haqiqiy tannarx bo‘yicha) xarajatlarni hisobga oluvchi
schyotlarda aks ettiriladi va quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
Debet 2000, 2300, 2500, 2700, 9400, 3290
Kredit 1080
Bir vaqtning o‘zida, foydalanishda bo‘lgan inventar va xo‘jalik jihozlarini
saqlanishini nazorat qilish maqsadida balansdan tashqari schyotda quyidagi yozuv
amalga oshiriladi:
Debet 014 “Foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlari” hisobga olishga
o‘tkazilgan inventar va xo‘jalik jihozlari summasiga.
Inventar va xo‘jalik jihozlarini balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi
inventar va xo‘jalik jihozlari” schyotida hisobga olish oddiy shakl (bir tomonlama
tartibda) inventar va xo‘jalik jihozlarini nomi yoki ularning guruhi
(yiriklashtirilgan komplektlar kesimida, foydalanishga kelib tushgan sanasini
ko‘rsatish bilan xarid qilish (ishlab chiqarish)ning haqiqiy tannarxi bo‘yicha,
foydalanish joyi va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha yuritiladi.
Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq kamyob yoki
tarkibida qimmatli metallar yoki qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan inventar va
xo‘jalik jihozlari safiga kiritilgan, inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga
olish uchun ham tarkibiy bo‘linma omboriga vakolatli shaxs tomonidan
imzolangan talabnoma taqdim etiladi. Talabnomada inventar va xo‘jalik jihozlarini
oladigan ishchining imzosi bo‘lishi kerak.
Ishchilarga maxsus kiyimlar, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan maxsus kiyim,
maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul
berishning tarmoq bo‘yicha namunaviy me’yorlari, shuningdek ishchilarni maxsus
kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan
ta’minlashning qoidalari asosidagi kollektiv shartnomada belgilangan tartibda
beriladi.
Maxsus kiyimlarni ishchilarga berilishi rasmiylashtiriluvchi hujjatlar
(talabnoma va hokazolar)da, boshqa rekizitlar bilan bir qatorda berishning asosi,
shaxsiy kartochkada esa kiyish mumkin bo‘lgan muddati, qaytarilganda
foydalanishga yaroqliligi darajasi aks ettirilishi lozim.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling