Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja


 Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana02.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1320230
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Abdumannabova Mardona

13.7. Tovar-moddiy zaxiralar inventarizatsiyasi
Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish
sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida
tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-
moddiy zaxiralarni inventarlash o‘tkaziladi.
Tovar-moddiy zaxiralarni inventarlash 19-son buxgalteriya hisobi milliy
standarti “Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish” bilan belgilangan tartibda
o‘tkaziladi.
Inventarizatsiya o‘tkazilishi tartibiga ko‘ra, rejali va rejasiz bo‘lishi mumkin.
Nazorat organining nazorat-taftish ishlari rejasiga asosan o‘tkaziladigan
inventarizatsiya rejali inventarizatsiya deb ataladi. Inventarizatsiyaning bu turi


korxonalar va xo‘jaliklararo tashkilotlar taftish komisiyalari ish faoliyatida keng
tarqalgan bo‘lib, ko‘p hollarda maxsus (shtatdagi) nazoratchilarning tekshirish
o‘tkazish rejalariga ham kiritiladi. Rejali inventarizatsiya buxgalteriya hisob
tizimida muhim o‘rin tutadi. Maxsus qarorga ko‘ra, har bir xo‘jalik mablag‘lari va
moddiy boyliklari turi bo‘yicha ma’lum bir vaqt ichida inventarizatsiya o‘tkazib
turilishi kerak.
Quyidagi holatlarda inventarizasiya muddatidan oldin o‘tkazilishi shart:

korxona mol-mulkini ijaraga berish, sotib olish, shuningdek davlat
korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish chog‘ida;

tovar-moddiy boylliklar qayta baholanganda;

moddiy javobgar shaxs o‘zgarganida;

talon-taroj qilish yoki suiiste’mol qilish, shuningdek boyliklarning
buzilishi bilan bog‘liq faktlar aniqlanganda;

yong‘in yoki tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda;

korxona tugatilayotganida tugatish balansini tuzish oldidan va boshqa
hollarda.
Tekshirish ko‘lamiga ko‘ra inventarizasiya yoppasiga yoki tanlab
o‘tkaziladigan, o‘tkazish vaqti bo‘yicha rejalashtirilgan yoki to‘satdan
o‘tkaziladigan inventarizasiyalarga bo‘linishi mumkin.
Inventarlash natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi
summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari
chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy
javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik
faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot
davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Inventarizasiya - TMZning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning sotish
sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazoratini ta’minlab beruvchi
jarayondir.
6
Ishlab chiqarish zaxiralarini inventarizatsiya qilish bir yilda kamida bir
marta moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin, lekin hisobot yilining 1 oktyabridan
keyin amalga oshiriladi.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralarining
kamomadi haqiqiy (balans) qiymati bo‘yicha hisobdan chiqariladi va buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti;
Kredit “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar” (1000-2900).
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan
hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
haqiqiy (balans) qiymatidan yuqori bo‘lsa, daromad summasi buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti –
6
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 312-page, 2014


aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti
- kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga;
Kredit 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” schyoti - aybdor
shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan
tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy
zaxiralarining haqiqiy balans qiymati o‘rtasidagi farqiga.
Moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan
hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
bozor qiymati (undirladigan summa) kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
haqiqiy (balans) qiymatidan past bo‘lsa, ko‘rilgan zarar summasi buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi” schyoti -
aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam
chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining bozor qiymatiga;
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti - aybdor shaxs yoki
moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo‘lgan kam chiqqan tovar-moddiy
zaxiralarining bozor qiymati va kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy
(balans) qiymati o‘rtasidagi farqiga;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti - kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining haqiqiy (balans) qiymatiga.
Kamomadning aniq aybdori topilmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan
undirib olish imkoni bo‘lmagan hollarda, kam chiqqan tovar-moddiy zaxiralarining
kamomadidan ko‘rilgan zarar moliyaviy natijalarga olib boriladi va buxgalteriya
hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 9430 “Boshqa operasion xarajatlar” schyoti;
Kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”
schyoti.
Inventarizasiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) tovar-
moddiy zaxiralari aniqlangan sanadagi aynan shunga o‘xshash tovar-moddiy
zaxiralarining bozor qiymati bo‘yicha baholanadi (ortiqcha chiqish sabablari va
aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks
ettiriladi:
Debet “Tovar-moddiy zaxiralarini hisobga oluvchi schyotlar”;
Kredit 9390 “Boshqa operasion daromadlar” schyoti.
Aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan kamomad summaning
undirib olinishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet “Pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar” (5000, 5200, 5600,5700)
yoki “Mehnat haqi bo‘yicha xodim hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar”
(6700), yoki boshqa aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar;
Kredit 4730 “Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling