Tovar-moddiy zaxiralar hisobi reja
Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdumannabova Mardona
13.6. Qayta ishlashga berilgan xom ashyo bilan bog‘liq operatsiyalarni
buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Daval xom ashyosi - daval xom ashyosini qayta ishlash to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga muvofiq, buyurtmachiga qayta ishlashdan olingan mahsulotni qaytarib berish sharti bilan sanoat asosida qayta ishlash uchun boshqa shaxsga - qayta ishlovchiga berilgan va buyurtmachiga tegishli bo‘lgan xom ashyo va materiallar. Buyurtmachi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga berayotgan tashkilot; Qayta ishlovchi - daval xom ashyosini sanoat asosida qayta ishlashga qabul qiluvchi va qayta ishlashdan olingan mahsulotni kelgusida buyurtmachiga qaytarib beruvchi tashkilot. Daval xom ashyosini qayta ishlovchiga berish “Daval xom ashyosini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” yoki “Daval xom ashyosini topshirish nakladnoyi” bilan rasmiylashtiriladi. Daval xom ashyosi harakatining nazoratini ta’minlash maqsadida “Daval xom ashyosini hisobga olish vedomosti”ni yuritish lozim. Daval xom ashyosini hisobga olish vedomosti qayta ishlovchining rahbari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatlangan shaxslar tomonidan imzolanadi. Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulot buyurtmachiga qaytarib berilganda, daval xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha ishlarning haqiqatda bajarilganligini tasdiqlovchi schyot-faktura hamda “Daval xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi” va “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” yozib beriladi. “Daval xom ashyosining ishlatilishi to‘g‘risida hisobot” ikki nusxada tuziladi, qayta ishlovchining vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxa buyurtmachiga beriladi, ikkinchisi esa qayta ishlovchida qoladi. Masala. “Paxta tozalash” AJ (davalga beruvchi) o‘zi qayta ishlashga ulgurmayotgan paxta xom-ashyosini daval asosida qayta ishlash uchun o‘ziga eng yaqin joylashgan “Amu paxta tozalash” AJ (qayta ishlovchi) bilan shartnoma tuzdi. Daval asosida beriladigan paxta xom-ashyosining qiymati 17 000 000 so‘m. “Amu paxta tozalash” AJ daval asosida berilgan paxta xom ashyosining 2 000 000 so‘m qiymatdagi chigitini qaytarib berdi. Taxminiy smetaga muvofiq daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar qiymati 1 800 000 so‘mni tashkil etadi. Shartnoma shartiga ko‘ra daval asosida berilgan paxta xom-ashyosini qayta ishlash bo‘yicha bajarilgan ish va xizmatlar uchun haq to‘lash taxmnniy smetada ko‘rsatilgan kiymatning 40 % oldin avans tariqasida amalga oshiriladi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling