Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada xisobga olish


Download 43.81 Kb.
bet2/8
Sana28.02.2023
Hajmi43.81 Kb.
#1237520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tovar moddiy zaxiralar sarflanishini buxgalteriyada xisobga olish

AVECO usuli materiallarning o‘rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo‘yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o‘xshash birliklarning o‘rtacha o‘lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o‘xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O‘rtacha qiymat davriy asosda yoki xo‘jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo‘lgan vaziyatga ko‘ra, har bir qo‘shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.
FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo‘yicha baholanadi, so‘ngra ikkinchi partiya bahosi bo‘yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo‘yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat’iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo‘llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi.
LIFO usulida materiallar ishlab chiqarishga avval oxirgi partiya tannarxi bo‘yicha yoziladi, so‘ngra avvalgi partiya va hokazo. Zahirada qolgan materiallar qiymati hisobot davrining oxirida birinchi sotib olingan material tannarxi bo‘yicha hisoblanadi. LIFO usulidan foydalanish inflyatsiya davrida eng past foydani, deflyatsiya, ya’ni narxlarning pasayishi vaqtida eng yuqori foydani keltiradi.
Bir qancha mamlakatlarning soliq qonunchiligida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida bu usulni qo‘llash taqiqlanadi. Chunki bu usulda korxona foydasidan to‘lanadigan soliqni hisoblash bazasi kamayib ketadi.
Misol. «Bobur» kompaniyasida yil davomida quyidagi materiallar sotib olindi:



Materiallar sarfi


Download 43.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling