Tovar pul munosabatlarining shakllanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati. Reja: Kirish


Download 52.83 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi52.83 Kb.
#1143546
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyuk ipak yoli

Chinni idishlar savdosi. Xitoy tilida chinni idish si sichi deb ataladi. Aslida bu oq loydan yasalgan spool idishdir. Chinni loyi ya’ni kaolin ilk bor Xitoyning Syansi o’lkasidagi shingdechshen viloyati yonida Gaoling deb atalgan joydan topilgan. Shu bois Shingdechshen viloyatichinni idish tovoqlar yasash san’atining birinchi marta paydo bo’lgan joyi hisoblanadi. Chinnisozlikning dastlabki davrlarda kaolin tuprog’idan yasalgan buyumlar oq, ko’k (to’q havorang) va aralash rangli kabi uch turga bo’lingan. Ko’k rangli idish tovoqlar xitoy tilida “chingshi” deb nomlangan bo’lib, ular xitoy xalqi orasida ko’proq e’tiborga sazovor bo’lgan. Shu sababli Chingshi Xitoy chinnisozlik san’atining asosiy yo’nalishiga aylangan. Sababi, uzoq o’tmishda ching so’zi sharq, ko’k rang, qora (buyuk) manosida ishlatilgan.Ikkinchidan, osmonni (Tyan), imperatorin xudoning farzandi deb bilgan xitoy xalqi osmon rangi bilan ko’k rangni nihiyatda e’zozlashgan. Turkiy xalqlarda aynan shu chingshi so’zidan kelib chiqqan deb qaraladi. 6-7 asrlarda, ya’ni Tan sulolasi davrida ko’k chinnisozlik san’ati nihoyatda yuksaldi. Ushbu san’at bir qancha turlarga va maktablarga bo’lindi. Tan davrida ko’k chinni idishlar Buyuk ipak yo’li va dengiz yo’llari orqali xorijga, jumladan markaziy osiyo davlatlariga ko’p miqdorda eksport qilingan. Chinni idishlar eksporti bilan birgalikda, Chinni idish tovoq yasash texnalogiyasi ham xorijga tarqaldi. 7-8 asrlarda chinni idish-tovoqlar eksportining ko’payganligi shu davrda xitoy chinnisiga bo’lgan ehtiyojning oshganligidan dalolat beradi. Dunyo bozorlarining talabiga binoan Xitoyda ko’kdan tashqari oq, yashil, sariq ranglarni och yoki to’q qilib ishlatish, bu ranglarni aralashtirish hisobiga yangi ranglarni hosil qilish hisobiga xitoy chinnilarining rangdorligi oshgan. Shu davrlarda ishlangn xitoy chinnilari Afg’onistondan Mesopotamiyagacha bo’lgan joylardan, Kavkaz, Suriya va boshqa mamlakatlar hududlridan topilganligi ularni dunyo miqyosida Buyuk ipak yo’li orqali keng tarqalganligidan dalolat beradi.


Download 52.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling