Tovar pul munosabatlarining shakllanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati. Reja: Kirish
Download 52.83 Kb.
|
buyuk ipak yoli
3. Mol ayirboshlash ekvivalenti. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli o‘lkalar va tarixiy-madaniy viloyatlarni bog‘lab turuvchi ma’lum ma’nodagi karvon yo‘llari tartibi hamda madaniy, siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalari ildizi neolit davri (miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklar) bilan bog‘lanadi. Chunki aynan mana shu davrda O‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lib yangi yerlar aholi tomonidan jadallik bilan o‘zlashtirib boriladi. Bu jarayon bronza davriga kelib yanada kuchayadi. Bronza davrga kelib O‘rta Osiyoda ko‘p sonli qabilalar va etnik guruhlar joylashgan bo‘lib, Qoraqum va Qizilqum cho‘llarining ichki hududlari hamda Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari barcha hududlar o‘zlashtirib bo‘lingan edi. Bu hududlardagi moddiy madaniyat umumiy holatda ikki guruh chorvachilik xo‘jaligi sohiblari bo‘lgan Andronova tarixiy-madaniy jamoalari(shimoliy mintaqa) va dehqonchilik xo‘jaligi yuritgan Namozgoh tarixiymadaniy jamoalariga (janubiy mintaqa) bo‘linadi. Ular va ularga qo‘shni bo‘lgan hududlar o‘rtasida almashinuv savdo munosabatlarining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Ma’lum hududlarda tayyorlangan mahsulotlar yoki xom ashyoning boshqa bir hududlardan topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Misol uchun Andronova madaniyatiga xos idishlar Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona hududlaridan topilgan bo‘lsa, Xorazmda tayyorlangan sopol va metall shimoliy hududlarda ko‘plab uchraydi. Zamonbobo va Gujayli yodgorliklaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan mahsulotlar topilgan (Zamonbobo - quyi Zarafshon bo‘yi, Gujayli - quyi Qashqadaryo)2 . Savdo-sotiqda asosiy vositachi sifatida tanga pullar ishlatilganga qadar muomalada qanday buyumlar ishlatilgan. Qadimgi tosh asrida (paleolit) ayirboshlash muomalasi asosan tosh qurollar bilan chegaranilgan. O‘zbekiston hududida savdo-sotiqning dastlabki ko‘rinishlari (Navoiy viloyati) Uchtut ustaxonalarida ishlangan mehnat qurollarida kuzatiladi. Yuqori paleolit va ayniqsa mezolit (o‘rta tosh) asridan boshlab mol ayirboshlash va muomalada suyakdan yasalgan qurollar va hayvonlar ham ishlatila boshlagan. Eneolit (mis-tosh) va ayniqsa bronza asridan boshlab hunarmandchilikning ixtisoslashuvi tufayli mintaqalararo savdo va ayirboshlash yuzaga keldi. O‘lkalarni iqtisodiy jihatdan bog‘lab turgan tabiiy savdo yo‘llari paydo bo‘ldi. Tanga pullar paydo bo‘lgunga qadar savdo-sotiq va ayirboshlash jarayonida qoramol, qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar,quyma kumush va oltin yombilar ekvialent bo‘lib xizmat qildi. Miloddan avvalgi II ming yillardayoq O‘rta Osiyodan Badaxshondan lazurit muntazam ravishda Xitoyga yetkazilib turilgan. “Buyuk ipak yo‘li” faoliyat ko‘rsata boshlagandan so‘ng ikki buyuk qo‘shni sivilizatsiyalar – O‘rta Osiyo va Xitoy aloqalari nihoyatda faollashib ketdi. Samarqandning anjiri, Farg‘onaning uzumi, bodringi, anori, bedasi Xitoyda madaniylashtirildi va keng yetishtiriladagan bo‘ldi. Xan, keyinchalik Tan sulolalari davrida saltanat saroylarida so‘g‘dlik va shoshlik musiqachilar hamda raqqosalarning san’ati ommaviylashib ketdi. O‘z navbatida, Xitoydan O‘rta Osiyoga, xususan O‘zbekistonga chinni, pilla, shoyi, qog‘oz, marvarid, simob va dorivor o‘simliklar kirib keldi.Xitoyda ayol qullarni olib borib sotishda ularning narxi ipak mato bilan belgilangan. Nya shahri xarobasidan topilgan bir hujjatda bir ayol qulning narxi 41 parcha (bo’lak- qadimgi o’lchovda 546,53 metr) ipak matoga teng bo’lganligi ma’lum. Xitoyda arzon ot sotib olish uchun 8-9 bo’lak ipakmato sarflangan.Miniladigan ot sotib olish uchun esa 200 bo’lak ipak sarflangan. 1104-yilda Xitoyda bitta 4-10 yoshli otning narxi 56 kg oliy navli choyning bahosiga teng bo’lgan. Xitoyda Min sulolasi hukumronligi o’rnatilgandan so’ng ot eksport qilish chorvadorlar qo’liga o’tdi. Chorvadorlarning choyni ko’p iste’mol qilishga o’rganganligi tufayli ular choyni otga almashtirishga majbur bo’lgan. Shishya davlati atrofidagi qo’shnilar bilan bir necha jin choyga bitta qo’yni almashtirgan. O’rta asrlarda yozilgan (Feng CHshingning eshitganlari va ko’rganlari ) asarining 6-bobida “Uyg’urlar har gal Xitoy hoqoni saroyiga kelganida zotli otlarni choyga almashlab ketishar edi” deb yozilgan. Ushbu asarning ikkinchi bobida Uyg’urlar Tan sulolasi saroyiga kelganda ko’p ot olib kelib choyga almashtirishi Tan hukumatiga katta tashvish keltirgan. Tan sulolasi bundan qutulish uchun choy, ot ipak matolar savdosini va bu mollarni sotadigan bozorlar ko’payishini cheklashga majbur bo’lganligi bayon etilgan.
Xulosa. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Buyuk Ipak yoʻli i miloddan avvalgi II asrdan qariyb eramizning XV asrigacha faoliyat ko‘rsatgan bu davrda Shubhasiz, Ipak yo‘li orqali nafaqat nodir tovarlar olib o‘tilgan, balki bilim, madaniyat, texnologiya almashinuvi, diplomatik aloqalar ham amalga oshirilgan. Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan. Tanga pullar paydo bo’lgunga qadar savd-sotiq va ayrboshlash jarayonida qoramol, qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar, quyma kumush va oltin yombilari dastlab ekvivalent bo’lib xizmat qilgan. oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi.Bundan ko’rinib turibdiki Buyuk ipak yo’lidagi savdoda ipak matosi nihoyatda qimmat va qadrli hisoblangan. Savdo yo’llarida pul bo’lmagan davrlarda ham Tovar ayrboshlash orqali savdo bo’lgan. Xitoyda Tovar ayrboshlashda asosan ipak mato, choy, ot ishlatilgan. Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Hozirga qadar ham Buyuk ipak yo’lining o’rganilmagan jihatlari ko’p. Uni o’rganish biztarixchilarning har birimizning burchimizdir. Download 52.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling