Tovar pul munosabatlarining shakllanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati. Reja: Kirish
Download 52.83 Kb.
|
buyuk ipak yoli
Tovar pul munosabatlarining shakllanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati. Reja: Kirish. 1.Buyuk ipak yo’lida Tovar pul shakllanishi. 2.Ipak yo’lida ot, choy va chinni idishlar savdosi. 3. Mol ayrboshlash ekvivalenti. Xulosa. Kirish. Mashhur “Buyuk Ipak yo‘li” karvon yo‘lini Sharq va G‘arb o‘rtasidagi aloqalarning ko‘p asrlik timsoli deb atash mumkin. Qit’alararo yo’l 10 ming kilometrga cho‘zilgan va Sharq mamlakatlarini O‘rtayer dengizi bilan birlashtiruvchi bog‘inga aylangan. Buyuk Ipak yoʻli i miloddan avvalgi II asrdan qariyb eramizning XV asrigacha faoliyat ko‘rsatgan. Shubhasiz, Ipak yo‘li orqali nafaqat nodir tovarlar olib o‘tilgan, balki bilim, madaniyat, texnologiya almashinuvi, diplomatik aloqalar ham amalga oshirilgan. Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan. Badaxshondan lazurit, So‘g‘diyonadan serdolik, Xo‘tandan nefrit kabi qimmatbaho toshlar va hatto o‘sha davrlarda Sharqiy O‘rtayer dengizida hali ishlab chiqarilmagan shisha idishlar bilan savdo qilingan. Savdo-sotiqda asosiy vositachi sifatida tanga pullar ishlatilgunga qadar muomalada qanday buyumlar ishlatilgan. Qadimgi tosh davrida (paleolit) ayirboshlash muomalasi asosan tosh qurollar bilan chegaralangan. O’zbekiston hududida savdo-sotiqning dastlabki ko’rinishlari (navoiy viloyati) Uchtut ustaxonalarida ishlatilgan mehnat qurollarida kuzatiladi. Yuqori paleolit va ayniqsa mezolit asridan boshlab mol ayrboshlash va muomalada suyakdan yasalgan qurollar va hayvonlar ham ishlatila boshlangan. Mintaqamizda eneolit ayniqsa bronza davridan hunarmandchilik ixtisoslashuvi tufayli mintaqalar aro savdo va ayrboshlash yuzaga kela boshladi. O’lkani bog’lab turgan tabiiy savdo yo’llari paydo bo’la boshladi. Tanga pullar paydo bo’lgunga qadar savd-sotiq va ayrboshlash jarayonida qoramol, qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar, quyma kumush va oltin yombilari dastlab ekvivalent bo’lib xizmat qilgan Download 52.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling