Tovar pul munosabatlarining shakllanishida Buyuk ipak yo’lining ahamiyati. Reja: Kirish


Buyuk Ipak yo’lida Tovar pul shakllanishi


Download 52.83 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2023
Hajmi52.83 Kb.
#1143546
1   2   3   4   5
Bog'liq
buyuk ipak yoli

Buyuk Ipak yo’lida Tovar pul shakllanishi.
Buyuk ipak yoʻli qadimda sharq bilan gʻarbni boʻgʻlab turgan savdo yoʻlidir.Dengiz, okean yoʻllari ochilmasdan oldin bu yoʻllar muhim ahamiyat kasb etgan.Buyuk Ipak yoʻli — insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining oʻziga xos boʻlgan hodisasidir. Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „Oʻtirgan — boʻyra, yurgan — daryo”. Harakatlanish — bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan boʻlgan ushbu qitʼalararo savdo yoʻli Yevropa va Osiyoni bir-biriga bogʻlab, oʻtmishda antik Rim davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha choʻzilgan edi. Albatta, sharq va Gʻarb oʻrtasidagi savdo oʻtmish qaʼriga choʻkkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yoʻlning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil boʻlishiga Markaziy Osiyo togʻlarida yarim qimmatbaho toshlar — Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish koʻp jihatdan koʻmaklashgan. Masalan, Yasminadan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan.lazurit yoʻli mavjud edi. U bilan bir paytda„nefrit yoʻli ham tarkib topgan, bu yoʻl Xotan va Yorkent tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bogʻlar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga Soʻgʻdiyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yoʻnalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yoʻliga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan Gʻarbga va Janubga oʻtkazilgan karvon yoʻllarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yoʻllarni oʻzaro bogʻlab bergan buyuk yoʻlning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning oʻrtalarida, deb hisoblaydilar, oʻsha davrda xitoyliklar uchun ilk bora Gʻarb oʻlkalari — Markaziy Osiyo davlatlari kashf etilgan edi. Nomidan ham maʼlum boʻlishicha, karvon yoʻllaridagi savdoning asosiy buyumi butun jahonda juda qimmatbaho boʻlgan ipak mahsulotlari edi. Masalan, oʻrta asrlarning dastlabki davrida ipak eng qadrli hisob-kitob birligi boʻlib, hatto tillani muomaladan siqib chiqaradigan darajagacha chiqar edi. Masalan, Soʻgʻdiyonada bir otning narxi oʻnta ipak kiyimliklariga tenglashtirilgan. Ipak bilan bajarilgan ishlar evaziga, navkarlarni yollash uchun toʻlov qilinar, ipak bilan hatto sodir etilgan jinoyat evaziga xun toʻlash mumkin edi. Ushbu karvon yoʻllarini birinchi boʻlib venetsiyalik savdogar Marko Polo „ipak yoʻli“deb nomlagan edi, u yevropaliklardan birinchi boʻlib Xitoy imperiyasining chegaralariga yetgan. „Buyuk Ipak yoʻli“atamasini esa nemis tadqiqotchisi Ferdinand Rixtgofen 1877-yilda oʻzining „Xitoy“ nomli fundamental asarida ilk bora ilmiy tarzda kiritgan. Ipak qitʼalararo yoʻl orqali tashib oʻtiladigan asosiy mol boʻlsa ham, lekin yagona emas edi. Markaziy Osiyodan Xitoyda juda qadrlanadigan otlar, tuyalar, harbiy anjomlar va qurol-yarogʻlar, oltin va kumush, yarim qimmatbaho toshlar va shisha buyumlar, teri va jun-moʻynalar, gilamlar-u ip-gazlama matolar, zar tikilgan matolar, oʻziga xos antiqa mevalar — tarvuzlar, qovunlar va shaftolilar, yirik dumbali qoʻylar va ovchi itlar, qoplonlar va arslonlar olib chiqib sotilar edi. Xitoydan karvonlar chinni va metall idishlarni, laklangan buyumlar va pardoz-upalarni, choy va guruchni olib kelishar edi. Savdogarlarning yoʻl toʻrvalarida turli-ituman noyob buyumlar, fil qoziq tishlari, karkidon shoxlari, toshbaqa toshlari, ziravorlar va koʻpgina boshqa xil mollar topilar edi. Buyuk ipak yoʻli orqali nafaqat savdo karvonlari, balki xalqlarning erishgan madaniy yutuqlari, maʼnaviy qadriyatlari, diniy gʻoyalari ham jahonga tarqalib borar edi. Buddizm Kushan davlatidagi boshqa dinlar bilan birga hukm surgan boʻlib, bu yerdan to Xitoygacha tarqalgan. Eramizning birinchi asrlarida Kichik Osiyodan bu yerga xristianlik dini kelib yetgan. Arab xalifaligining qattiqqoʻl harbiy navkarlari VII asrda islom taʼlimotini olib kelganlar. Savdogarlar va targʻibotchilarning oʻtkazgan yoʻllari boʻylab moʻgʻula sahrolaridan Yevropa tekisliklarigacha Chingisxon sahroyi bosqinchilari quyundek oʻtgan. Buyuk Ipak yoʻlining qoq yuragi boʻlgan Samarqand shahridan oʻrta asrlardagi Sharqning buyuk sarkardasi Temur oʻz yurishlarini boshlab, zafar quchar edi. Bundan tashqari, karvon yoʻllaridan asrlar boʻyi allomalar, tadqiqotchilar ham sayohat qilar edi. Xitoy ruhoniysi Syuan Tszyan va venetsiyalik savdogar Marko Polo, arab sayohatchisi — savdogar Ahmad ibn Fadlan va bavariyalik sarkor Shiltberger, vengriyalik tadqiqotchi Arminiy Vamberi hamda shvetsiyalik geograf Sven Xedin, rus olimi Aleksey Fedchenko va Fransiyalik jurnalist ayoli Ella Mayyar, amerikalik geolog olim Rafael Pampelli va Fransiyalik sayohatchi Jozef Martenlarning yoʻlda qayd etgan yozuvlari va ilmiy asarlaridan biz Buyuk Ipak yoʻli boʻylab yotgan mamlakatlarda yashagan xalqlarning tarixini, ularning urf-odatlari va anʼanalarini bilib oldik. Sharq va Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan bu beqiyos buyuk yoʻlni bunyod etgan xalqlarning tirik bir xotirasi qadimiy Oʻzbekiston shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent shaharlari boʻlib, ularning meʼmorchilik yodgorliklari Buyuk Ipak yoʻlining koʻp asrlik tarixini oʻzida mujassam etadi. Karvonchilar ipakdan tashqari boshqa noyob mahsulotlar bilan ham savdo qilishgan. Badaxshondan lazurit, So‘g‘diyonadan serdolik, Xo‘tandan nefrit kabi qimmatbaho toshlar va hatto o‘sha davrlarda Sharqiy O‘rtayer dengizida hali ishlab chiqarilmagan shisha idishlar bilan savdo qilingan..“Ipak yo‘li” atamasi nisbatan yaqinda paydo bo‘lgan. 1877-yilda baron Ferdinand fon Rixtgofen birinchilardan bo‘lib savdo yo‘li xaritasini batafsil o‘rganib, unga shunday nom berdi. Taxminan milodiy I asrda Buyuk Ipak yoʻli oʻz taraqqiyotining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Savdo yoʻli sharqda Xitoyning Loyan shahridan boshlanib, Xitoyning koʻplab shaharlari va Oʻrta Osiyodan oʻtib, Italiyada, Rimda tugagan. Yo‘l uchta yo‘nalish va ko‘plab tarmoqlardan iborat bo‘lgan. Asosiy yo‘nalishlar Shimoliy, Markaziy va Janubiy yo‘llar edi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yaqin va O‘rta Sharqdagi turli o‘lkalar va tarixiy-madaniy viloyatlarni bog‘lab turuvchi ma’lum ma’nodagi karvon yo‘llari tartibi hamda madaniy, siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy aloqalari ildizi neolit davri (miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklar) bilan bog‘lanadi. Chunki aynan mana shu davrda O‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lib yangi yerlar aholi tomonidan jadallik bilan o‘zlashtirib boriladi. Bu jarayon bronza davriga kelib yanada kuchayadi. Bronza davrga kelib O‘rta Osiyoda ko‘p sonli qabilalar va etnik guruhlar joylashgan bo‘lib, Qoraqum va Qizilqum cho‘llarining ichki hududlari hamda Pomir va Oloyning yuqori mintaqalaridan tashqari barcha hududlar o‘zlashtirib bo‘lingan edi. Bu hududlardagi moddiy madaniyat umumiy holatda ikki guruh chorvachilik xo‘jaligi sohiblari bo‘lgan Andronova tarixiy-madaniy jamoalari(shimoliy mintaqa) va dehqonchilik xo‘jaligi yuritgan Namozgoh tarixiymadaniy jamoalariga (janubiy mintaqa) bo‘linadi. Ular va ularga qo‘shni bo‘lgan hududlar o‘rtasida almashinuv savdo munosabatlarining jadallashuviga imkoniyat yaratdi. Ma’lum hududlarda tayyorlangan mahsulotlar yoki xom ashyoning boshqa bir hududlardan topilishi shu jarayondan dalolat beradi. Misol uchun Andronova madaniyatiga xos idishlar Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona hududlaridan topilgan bo‘lsa, Xorazmda tayyorlangan sopol va metall shimoliy hududlarda ko‘plab uchraydi. Zamonbobo va Gujayli yodgorliklaridan Badaxshon lojuvardidan tayyorlangan mahsulotlar topilgan (Zamonbobo - quyi Zarafshon bo‘yi, Gujayli - quyi Qashqadaryo)2 . Savdo-sotiqda asosiy vositachi sifatida tanga pullar ishlatilganga qadar muomalada qanday buyumlar ishlatilgan. Qadimgi tosh asrida (paleolit) ayirboshlash muomalasi asosan tosh qurollar bilan chegaranilganO‘zbekiston hududida savdo-sotiqning dastlabki ko‘rinishlari (Navoiy viloyati) Uchtut ustaxonalarida ishlangan mehnat qurollarida kuzatiladi. Yuqori paleolit va ayniqsa mezolit (o‘rta tosh) asridan boshlab mol ayirboshlash va muomalada suyakdan yasalgan qurollar va hayvonlar ham ishlatila boshlagan. Eneolit (mis-tosh) va ayniqsa bronza asridan boshlab hunarmandchilikning ixtisoslashuvi tufayli mintaqalararo savdo va ayirboshlash yuzaga keldi. O‘lkalarni iqtisodiy jihatdan bog‘lab turgan tabiiy savdo yo‘llari paydo bo‘ldi. Tanga pullar paydo bo‘lgunga qadar savdo-sotiq va ayirboshlash jarayonida qoramol, qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlar,quyma kumush va oltin yombilar ekvialent bo‘lib xizmat qildi. Miloddan avvalgi II ming yillardayoq O‘rta Osiyodan Badaxshondan lazurit muntazam ravishda Xitoyga yetkazilib turilgan. “Buyuk ipak yo‘li” faoliyat ko‘rsata boshlagandan so‘ng ikki buyuk qo‘shni sivilizatsiyalar – O‘rta Osiyo va Xitoy aloqalari nihoyatda faollashib ketdi. Samarqandning anjiri, Farg‘onaning uzumi, bodringi, anori, bedasi Xitoyda madaniylashtirildi va keng yetishtiriladagan bo‘ldi. Xan, keyinchalik Tan sulolalari davrida saltanat saroylarida so‘g‘dlik va shoshlik musiqachilar hamda raqqosalarning san’ati ommaviylashib ketdi. O‘z navbatida, Xitoydan O‘rta Osiyoga, xususan O‘zbekistonga chinni, pilla, shoyi, qog‘oz, marvarid, simob va dorivor o‘simliklar kirib keldi.
Buyuk ipak yo’lida ot, choy va chinni idishlar savdosi.
Xitoy bilan Turkiston o’rtasidagi ot savdosi Chjan Syanning Farg’onaga kelishi va bu yerda arg’umoq otlarni ko’rishi bilan bog’liq. Bungacha xitoyliklar asosan Mongoliyada yetishtirilgan otlardan foydalangan. Ushbu otlar keng yag;rli, oyoqlari nisbatan kaltaroq bo’lib nisbatan sekin chopgan. Farg’ona otlari esa tezlikda va uzoqqa chopishda maskur otlardan keskin farq qilgan. Elchi yurtiga qaytgach otlar haqida U-Diga gapirib beradi. Su otlar uchun mil. Avv.104 keyinchalik 102 yillarda Xitoy va Farg’ona bilan urushlar kelib chiqadi. Mil. Avv. 102-yilda Xitoy qo’shinlari sarkardasi LI GUANLI ayrim ma’lumotlarga ko’ra 14 ta ayrimlariga ko’ra esa 30 ta otni Xitoyga olib ketadi. Shu tariqa asta sekin Xitoyda zotli otlar tarqala boshlaydi. Mil.avv. 2 asrdan mil. 2 asrga qadar Xitoydagi ot boqiladigan maydonlar Xun imperiyasi nazorati ostida edi. Shu sababli otlarni import qilish qiyin bo’lgan tabiiyki ot narxi ham ancha yuqori bo’lgan. O’sha zamonda bitta salt otining bahosi 100tilla, bitta arava yoki yuk tashish uchun ishlatiladigan otning bahosi esa, 5 ming tanga bo’lgan. Chunonchi mil. Avv. 93-yilda miniladigan bitta otning bahosi 150 ming tangaga ko’tarilgan. Ot narxi bilan ipak narxini solishtiradigan bo’lsak, arzonchilik davrida eng arzon ot sotib olish uchun 8-9 bo’lak ipak mato sarflash lozim bo’lgan. Minadigan ot sotib olish uchun esa kamida 200 bo’lak ipak mato sarflash kerak edi. O’rta asrlarda, ayniqsa Tan sulolasi davrida ot boqiladigan ayrim hududlar Xunlardan tortib olindi. Shu bois o’sha davrda Xitoyda ot bahosi ancha past bo’ldi. Bitta o’rtyacha otning bahosi 40-50 bo’lak ipakka teng edi. Ipak matoga nisbatan ot bahosining arzonlashishi keying asrlarda ham kuzatildi. Buning sabablaridan biri O’rta Osiyo xalqlari orasida choy ichish odati keng tarqalganligi, ikkinchidan Xitoyga brogan savdogarlar olib borgan otlarini katta qismini choyga almashgaligi, uchinchidan Xitoyda choy narxining tobora oshganligi. Ammo Xitoyliklar bilan o’zga xalqlar savdosida ot savdosi barber yetakchi o’rinda turgan. Buning birinchi sababi, aholi zich joylashgan Xitoyda ot boqish uchun imkoniyat bo’lmagan. Bunday imkoniyat faqat Xitoyliklar da bepoyon yaylovlar joylashgan Mongoliya, Tibet, Sharqiy Turkiston kabi mintaqalarni egallaganidan so’nggina bo’ldi. Shu tufayli ham ot nihoyatta aziz va qimmatbaho savdo moli bo’lgan. Ikkinchidan esa o’sha zamonlarda ot faqatgina harakat vositasi bo’lmay balkitez harakat qiluvchi kuchli jangovor harbiy kuchning asosi edi. Shu bois u davrda qaysi davlatning asosiy harbiy kuchi otlarida bo’lsa o’sha kuchli sanalgan. Uchinchidan xitoyliklar uchun otda yurish nihoyatta katta obro’ sanalgan shuning uchun har bir Xitoylik zodagon ot sotib olishga harakat qilgan. Xitoyga kelgan elchilar va savdogarlar mahalliy xonlarga va amaldorlarga ot sovg’a qilishsa bu yuksak baholangan. Ammo, o’rtacha olganda Xitoyga 7-8 asrlarda olib kelingan har bir otga 40-50 bo’lak (13,3 m) dan ipak mato almashtirish mumkin bo’lgan. O’rta asrlarda Xitoyga ot olib borib sotish asosan turkey xalqlarga mansub bo’lan Uyg’urlar va Tibetliklar bo’lgan. Ular Xitoyga ot sotish uchun safarga chiqqanlarida 3-4 ming ot haydab borishgan. 735-yilda Turklar Xitoyga 15 ming ot olib borib sotganlari ma’lum. Shunda ushbu otlar evaziga to’lanadigan ipak mamlakatda yetmay qolgan ekan. 830-yilda uyg’urlar tomonidan Xitoyga sotilgan otlar evaziga hukumat 230 ming bo’lak ipak mato to’lagan. Ayrim yillarda sotib olingan otlar uchun ipak matolar yetmay qolib, qarz evaziga ot sotib olgan hollari ko’p bo’lgan. Tan sulolasining uyg’urlarga bo’lgan qarzining umumiy miqdori 1.08 mil bo’lak ipak matoni tashkil etgan. Shundan keyin Tan sulolasi qarzining evaziga 100 ming lyang misqol (1 lyang 37,3 gramga tog’ri keladi) oltin bilan qaytarilgan. Ushbu raqamlar faqat davlatlar aro ot savdosiga taaluqli edi. Shu tarzda sotib olingan otlarning hammasi deyarli harbiy maqsadlarda ishlatilgan. Bundan tashqari Xitoyga xususiy savdogarlar ham ot keltirib sotgan. Odatda xususiy savdogarlar miniladigan ot savdosi bilan shug’ullanardilar. Shu borada aytish kerakki Xitoyga eksport qilingani bilan birga, Markaziy Osiyodan olib borilgan egar-jabduqlar soni ham ko’payib borgan. Choy savdosi - xalqimiz orasida quritilgan choy barglaridan damlama tayyorlab ichish odatga kirib ketganki choysiz hayotni tassavvur etish qiyin. Asrlar davomida choy o’zining xushbo’yligi, chanqoqni qondirishi, inson salomatligiga foydaliligi bilan butun jahon e’tiborini tortib kelmoqda. Xo’sh O’zbekiston hududiga choy qachon kirib kelgan. Xitoy manbaalaridagi ma’lumotlar choyning ilk vatani hozirgi Xitoyning janubi-sharqiy viloyatlari bo’lganligini ko’rsatadi. Mil. Avv.4asrda Xitoyda choy o’simligi tabiiy holda o’sganligi ma’lum. Choy 9 asrdan Yaponiyada va Koreyada, 19 asrdan Indoneziya, Shirilanka, Hindistonda ekilgan. O’zbekiston hududida choy ichish qachondan urf bo’lganligi haqida aniq malumot yo’q. Ayrim manbaalarga ko’ra, Turkiston shaharlarida Xitoy, hind savdogarlari choy savdosi bilan shug’ullanganlar. Tan sulolasi davrida yashgan Lu Yuy tomonidan maxsus choyga bag’ishlangan “Choy qonuni” asarida bayon etilishicha, choyning she deb nomlanishi hozirgi Xitoyning Sijuan o’lkasi janubida yashagan xalq tiliga xos. Mill. 3asrlardan oldin bitilgan asarlarda choy barglaridan damlama tayyorlab chanqoq bosdi ichimlik sifatida iste’mol qilish haqida ma’lumot uchramaydi. Li Mingve Xitoyda choy ichishga oid ilk ma’lumot G’arbiy Xan sulolasining so’ngi davrida bo’lsa kerak, deb taxmin qiladi.” Uch xonlik taskirasi”asarida aroq o’rniga xufyona ravishda pishib o’tib ketgan choy bargaining damlamasi beriladi degan ma’lumot keltiriladi. Xitoyning Shimolida hozirgi Pekin atrofida choy ichish 6 asrning 1 yarmidan udum bo’lgan. 5 asrdan boshlab Xutoyda choy shu darajada e’zozlanganki, u nikoh to’yi sovg’alari orasida noyob narsaga aylangan. Hattoki nikoh to’yida qiz tomonga “choy yuborish” marosimi, “choy qabul qilish marosimlari ham bo’lgan. Har xil sabablarga ko’ra o’tkazilgan mehmondorchiliklar “Choy tadbiri” deb atalgan. Choyning xalq orasida keng tarqalganligi, shu davrda yashagan shoirlar asarlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, xitoy xalqi orasida choyning bilimdoni, choy piri (Chashen) deb tanilgan, shoir va olim Li Yuy o’z asarida “choy ichish odati shamol kabi tez tarqaldi”, deb yozgan. 1987-yil Qadimgi Xitoyning ikkinchi poytaxti, hozirgi Sian shahri yonidagi budda ibodatxonasi yerto’lasidan mil.avv. 7-9 asrlarga tegishli bo’lgan buyumlar topilgan. Shular orasidan topilgan choy barglariga ishlov beish, uni quritish, qovurish, undan damlama tayyorlab ichish uchun ketrak bo’ladigan asbob uskunalar, noma’lum bo’yoqlar bilan sirlangan piyolalar topilgan. Bularning aksaryati sharqiy Rim imperiyasida yasalgan bo’lib, 9 asrda Xitoyga keltirilgan. Bu davrda Yevropa davlatlari bilan bu choy davlati o’rtasida savdo aloqalari asosan Turkiston, jumladan hozirgi O’zbekiston hududidan o’tgan Buyuk ipak yo’li orqali amalga oshirilgan. Shunday ekan Choy ichish odati Turkistonda Yevropa davlatlariga qaraganda ancha oldin yuzaga kelganligidan dalolat beradi. Mil. Avv. 5-8 asrlarga oid manbaalarga ko’ra ushbu davrda choy Xitoydan uyg’urlar va Tibetliklar tomonidan ko’plab sotib olingan. Xitoy olimlarining xabar berishuicha Uygh’urlar bu davrda asosan go’shtli taomlar iste’mol qilishgan, choy esago’shtli taomni hazm qilishda, organizmda yig’ilgan yog’ moddasini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Manbaalarda qayd etilishicha Xitoyning shimolida xalqlar bilan xitoylar orasida bo’lgansavdoda 7 asrning 1-choragida choy, ipak mato, tuz, ot asosiy o’rinda turgan. Ushbu tavarlar savdosi asosan molni molga ayrboshlash (zamonaviy tilde barter) asosida amalga oshirilgan. Tan sulolasi davrida choy savdosi shu darajada daromadli savdoga aylanib ketganki, Turkistonliklar Xitoy shaharlarida, ayniqsa Chanan choy do’konlarini ochib, xitoy choyi eksportining asosiy qismini o’z qo’liga kiritib olishgan. Hukumat xazinasi esa bundan katta foyda ko’rgan. 780-yilda choy yetishtiruvchi oluvchi va sotuvchilardan ilk bor saliq olingan. 792-yilda esa choydan soliq olish haqida maxsus qonun qabul qilindi. Shunga qadar choy bilan bog’liq savdoda hech qanday soliq olinmagan. Qonunga ko’ra yirik shaharlarda choy bozorlari tashkil etilib choy savdosi faqat shu bozorlarda amalga oshirilgan. Choy yetishtiruvchilar bilan choy sotib oluvchilar orasidagi munosabat davlat tomonidan qattiq nazorat qilingan. Qonun joriy etilgandan so’ng choy savdosidan olinadigan daromad Tan sulolasi xazinasini to’ldiruvchi asosiy manbaaga aylnib qolgan. Choyni joydan joyga tashish ishlari harbiy qismlar kuzatuvi ostida bo’lgan. Choyni maxfiy eksport qilganlar va bunga yo’l qo’ygan amaldorlar o’lim jazosiga mahkum qilingan. Choy bilan bog’liq barcha sohalar davlat monopoliyasiga olingan. Natijada choyning tannarxi oshib ketgan. 1392-yilda 340 bosh otga 300 ming jin (hozirgi hisobda 150 ming kg) choy almashtirilgan. 14 asrning oxirgi choragida Xitoyning g’arbiy va shimoliy chegara viloyatlarida oliy zotli ot 40-50, o’rta darajadagi ot 30-40, past darajadagi ot 20-30 jin choyga tenglashtirib baholangan. Xitoyda Min sulolasi ag’darilib, manjurlar tashkil etgan Sin sulolasi davrida choyni faqat otga almashtirish ehtiyoji qolmadi. Manjurlar xitoyni zabt etgandan so’ng Mongoliya, Tibet,Sharqiy Turkiston kabi ot yetishtiruvchi mamlakatlarni ham o’ziga itoat ettirishi shunga olib kelganedi. Choy savdosini davlat monopoliyasida ushlab turishning hojati qolmadi.

Download 52.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling